O‘zbekiston kartoshkani qaysi davlatlardan sotib olmoqda?

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMeshki s kartofelem. Arxivnoe foto
Meshki s kartofelem. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston eng ko‘p kartoshkani Pokiston, Qozog‘iston va Rossiyadan import qilgan.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 14 ta davlatdan qiymati 55,5 mln dollarga teng bo‘lgan 319 ming tonna kartoshka import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 11,6 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshkani Pokiston (257,4 ming tonna), Qozog‘iston (23,4 ming tonna) va Rossiya (14,5 ming tonna)dan sotib olgan.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston (8,9 ming tonna), Eron (5,6 ming tonna), Afg‘oniston (4 ming tonna) va Niderlandiya (3,9 ming tonna)dan ham mamlakatga kartoshka kirib kelgan.
Belarus (631,6 tonna) va Polsha (559 tonna) davlatlari ham kartoshkalarini O‘zbekistonga eksport qilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston o‘riklarini eng ko‘p Rossiya (3,7 ming tonna) xarid qilgani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0