Ochiqlik siyosatini buzgan amaldorlar javobgarlikka tortiladi

© pexels.com/Sora ShimazakiJenshina s papkoy
Jenshina s papkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ochiqlik siyosatini buzganlik uchun javobgarlik kiritildi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonda ochiqlik siyosatini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni imzolagan 786-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda, mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda (1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha ) jarima qo‘llaniladi.
Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Yangiliklar lentasi
0