Kreml Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda ekanini bildirdi

© Sputnik / Valeriy MelnikovRossiyskiy mirotvores na blokpostu №6 na vyezde v gorod Shusha na doroge iz Stepanakerta v Lachin, arxivnoe foto
Rossiyskiy mirotvores na blokpostu №6 na vyezde v gorod Shusha na doroge iz Stepanakerta v Lachin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
Peskov: Rossiya mojaro tomonlarini vazminlikka va kelishuvlarni amalga oshirishga chaqiradi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Moskva Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda hamda tomonlarni vazminlikka va uch tomonlama kelishuvlarni bajarishga chaqiradi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Biz juda diqqat bilan kuzatapmiz. Tabiiyki, vaziyatning keskinlashuvidan xavotirdamiz. Tomonlarni vazminlikka, eng muhimi, ma’lum uch tomonlama hujjatlarning barcha bandlariga rioya qilishga chaqiramiz”, dedi u.
2020 yil sentabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar qayta boshlandi, bu uzoq muddatli mojaroning davomiga aylandi va tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi. Tomonlar sulh tuzishga bir necha bor uringan, biroq 10-noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli bo‘lgan. Moskva vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga hamda asirlar va o‘lganlarning jasadlarini almashishga kelishib olgan.
Bundan tashqari, Yerevan Bokuga Kelbajar va Lochin viloyatlarini, shuningdek, urushlar oralig‘ida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazorati ostida bo‘lgan Agdam viloyatining bir qismini topshirgan. Mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan.
Kecha, 3-avgust kuni keskinlikning yangi bosqichi paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘ mojarosi hududida, Saribob balandligi hududida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganini ma’lum qildi. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi Ozarbayjon va Armaniston tomonlari vakillari bilan birgalikda vaziyatni barqarorlashtirish choralarini ko‘rmoqda.
Tog‘li Qorabog‘da qisman safarbarlik e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0