https://oz.sputniknews.uz/20220804/davlat-qarzini-boshqarish-diqqat-markazimizda-boladi---tanzila-narbaeva-26821640.html
Davlat qarzini boshqarish diqqat markazimizda bo‘ladi - Tanzila Narbayeva
Davlat qarzini boshqarish diqqat markazimizda bo‘ladi - Tanzila Narbayeva
Sputnik O‘zbekiston
Senatorlar “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullashdi. 04.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-04T13:15+0500
2022-08-04T13:15+0500
2022-08-04T13:15+0500
siyosat
o‘zbekiston oliy majlisi senati
davlat qarzi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/04/26821744_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f275b8485caf1659f508d87ae86d017f.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Davlat qarzini boshqarish sohasida O‘zbekiston prezidenti, Oliy Majlis palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining vakolatlari belgilanmoqda. Bu haqida Senatning yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi Qonun bilan Moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanmoqda.Senat raisi o‘z so‘zida barchani mamlakat, xususan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir dasturiy vazifalarning ijro etilishi holatlariga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi. Shuningdek, qonun qabul qilinganidan keyin uning ijrosi bilan bog‘liq tadbirlarni monitoring qilib borilishini qayd etdi.Qolaversa, Moliya vazirligi tomonidan davlat qarzining holati va o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotlar yilning har choragida o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi ham belgilangan.Davlat qarzi to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.Ma’lumot uchun, mazkur qonun bilan davlat qarzi va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining ustuvorligi, davlat qarzining cheklangan hajmlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining davlat qarzini boshqarishdagi vakolatlari belgilanmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/04/26821744_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f4f32274070f1ad4d78b12e4a18d065f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston oliy majlisi senati, davlat qarzi
siyosat, o‘zbekiston oliy majlisi senati, davlat qarzi
Davlat qarzini boshqarish diqqat markazimizda bo‘ladi - Tanzila Narbayeva
Senatorlar “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullashdi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Davlat qarzini boshqarish sohasida O‘zbekiston prezidenti, Oliy Majlis palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining vakolatlari belgilanmoqda. Bu haqida Senatning yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisida ma’lum
qilindi. Qayd etilishicha, “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi Qonun bilan Moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanmoqda.
“Qonunda davlat qarzini boshqarish bo‘yicha parlament vakolatlari ham belgilanyapti. Davlat qarzini boshqarish strategiyasi amalga oshirilishi, jalb qilingan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, loyihalar natijadorligi kabi muhim jihatlar doimiy diqqat markazimizda bo‘ladi. Bu masala mahalliy kengashlarning ham nazoratida bo‘lishi kerak”, deydi Senat raisi Tanzila Narbayeva.
Senat raisi o‘z so‘zida barchani mamlakat, xususan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir dasturiy vazifalarning ijro etilishi holatlariga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi. Shuningdek, qonun qabul qilinganidan keyin uning ijrosi bilan bog‘liq tadbirlarni monitoring qilib borilishini qayd etdi.
Hujjatda davlat qarzi summasining yalpi ichki mahsulotga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oshmasligi, davlat qarzi hisobidan faqat ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish mumkinligi nazarda tutilgan.
Qolaversa, Moliya vazirligi tomonidan davlat qarzining holati va o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotlar yilning har choragida o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi ham belgilangan.
Davlat qarzi to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Ma’lumot uchun, mazkur qonun bilan davlat qarzi va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining ustuvorligi, davlat qarzining cheklangan hajmlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining davlat qarzini boshqarishdagi vakolatlari belgilanmoqda.