https://oz.sputniknews.uz/20220803/xorazm-hokimi-shht-mamlakatlari-ortasida-charter-reyslarni-tashkil-etishni-taklif-qildi-26798212.html
Xorazm hokimi ShHT mamlakatlari o‘rtasida charter reyslarni tashkil etishni taklif qildi
Xorazm hokimi ShHT mamlakatlari o‘rtasida charter reyslarni tashkil etishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Farhod Ermanov ShHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi doirasidagi sessiyada turizmga oid ator tashabbuslarni ilgari surdi. 03.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-03T17:40+0500
2022-08-03T17:40+0500
2022-08-03T17:40+0500
turizm
xorazm viloyati
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1051/67/10516756_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_2387ae79ca6b1af028737624d188b4fb.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mintaqalari o‘rtasida sayyohlar uchun charter reyslarni tashkil etish taklifini bildirdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Ermanov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ShHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi doirasidagi sessiyada yana qator tashabbuslarni ilgari surdi.Xususan, Xorazm rahbari ShHTga a’zo mamlakatlar hududlarining sayyohlik salohiyati namoyish qilish hamda sayyohlik yo‘nalishlari bo‘ylab o‘zaro axborot va matbuot turlarini tashkil etishni taklif qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot hududida mavjud turistik salohiyatni targ‘ib qilish, turizm sohasidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhimdir.Shuningdek, Ermanov Xorazmda ShHT mamlakatlari mehmonxona tarmog‘i filialini ochish taklifini o‘rtaga tashladi.Avvalroq Buxoro 2023-yilda ShHT turizm forumiga mezbonlik qilishi mumkinligi xabar qilingan edi.
xorazm viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1051/67/10516756_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_b926e5ec0a1f03e3a419a85635596532.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, xorazm viloyati, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
turizm, xorazm viloyati, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
Xorazm hokimi ShHT mamlakatlari o‘rtasida charter reyslarni tashkil etishni taklif qildi
Farhod Ermanov ShHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi doirasidagi sessiyada turizmga oid ator tashabbuslarni ilgari surdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mintaqalari o‘rtasida sayyohlar uchun charter reyslarni tashkil etish taklifini bildirdi, deb xabar bermoqda
Sputnik muxbiri.
Ermanov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ShHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi doirasidagi sessiyada yana qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Xususan, Xorazm rahbari ShHTga a’zo mamlakatlar hududlarining sayyohlik salohiyati namoyish qilish hamda sayyohlik yo‘nalishlari bo‘ylab o‘zaro axborot va matbuot turlarini tashkil etishni taklif qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot hududida mavjud turistik salohiyatni targ‘ib qilish, turizm sohasidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhimdir.
Shuningdek, Ermanov Xorazmda ShHT mamlakatlari mehmonxona tarmog‘i filialini ochish taklifini o‘rtaga tashladi.
Avvalroq Buxoro 2023-yilda ShHT turizm forumiga mezbonlik qilishi mumkinligi
xabar qilingan edi.