Xodjayev: hududlar bugungi kun chaqiriqlarini samarali hal eta oladi

© Sputnik / Zafar XalilovJamshid Xodjayev
Jamshid Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi davom etmoqda.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Hududlar bugungi kun chaqiriqlarini samarali hal etishga qodir harakatlantiruvchi kuchdir. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Toshkentda o‘tkazilayotgan ShHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.

"Bugun beqarorlik, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyo tartibi, chaqiriq va sinovlar davri. Bu bizning oldimizga qator jiddiy vazifalarni qo‘ymoqda. Ularni samarali hal eta oladigan harakatlantiruvchi kuch bu hududlar hisoblanadi", - deydi Xodjayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yil oxirida O‘zbekiston va ShHT davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 20 mlrd dollardan oshgan. Joriy yilning birinchi yarmida esa yana 30 foizga o‘sdi.
Xodjayev, shuningdek, O‘zbekiston ShHT uchun qishloq xo‘jaligi dasturini ishlab chiqishni taklif qilayotganini aytib o‘tdi.
"Joriy yil oxirigacha 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan ShHTning qishloq xo‘jaligi qo‘shma dasturini ishlab chiqish va tasdiqlashni taklif qilamiz. Bu jarayonga mamlakatlarimizning tahlil markazlari jalb etilishi kerak", - deya qo‘shimcha qildi bosh vazir o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi o‘z ishini boshladi. Ishbilarmon doiralari uchun biznes-forum, “V2V” uchrashuvlar va O‘zbekiston hududlariga sayohatlar tashkil etiladi. Forum davomida bir qator bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0