Xitoy nega Tayvanga hujum qilmadi?

© AFP 2023 / SAM YEHVoyenniy samolet SShA so spikerom Palati predstaviteley Nensi Pelosi na bortu gotovitsya prizemlitsya v aeroportu Sunshan v Taybee 2-avgusta 2022 goda.
Voyenniy samolet SShA so spikerom Palati predstaviteley Nensi Pelosi na bortu gotovitsya prizemlitsya v aeroportu Sunshan v Taybee 2-avgusta 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Tayvan Xitoyga har yili 350 milliard dollarlik chip eksport qiladi. Buning natijasida Xitoy dunyodagi elektron jihozlar ishlab chiqarishning 35%ini ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lmoqda.
TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Xitoyning barcha noroziliklariga qaramasdan Tayvanga tashrif buyurgan AQSh parlamenti spikerining tashrifidan so‘ng, XXR nega Tayvanga hujum qilmadi?
Rossiyalik jurnalist Sergey Kolyasnikov bu haqida Russia Today nashri bilan o‘z mulohazalari bilan bo‘lishishdi.
Pelosining Xitoyga populistik safari misolida biz yana bir bor AQSh yana bir bor o‘zini "geosiyosiy faol" ko‘rstishga harakat qilayotganining guvohi bo‘ldik. "Gegemon" yana bir bor real siyosiy faoliyatni ommaviy axborot vositalaridagi tashviqot va vasvasa bilan almashtirdi.
Tashrifdan so‘ng Bloomberg xursand: "Pekinning Pelosining kelishiga munosabati Xitoy xalqining umidlarini oqlamadi, bu Si Szinpinga qo‘shimcha siyosiy bosim yaratdi", - deb yozadi Amerika nashri.
Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlardan xabardor bo‘lgan har bir kishiga ayon bo‘lsada, agar Si Szinpin harbiy mojaroga qaror qilsa, bu birinchi navbatda Xitoyga zarba beradi. Buni anglash uchun keling, raqamlarga qaraylik.
Taxminan 24 million aholiga ega bo‘lgan Tayvandan 1,5 milliard Xitoyga bo‘lgan import 2020-yilga kelib ham Yaponiya, ham Janubiy Koreya importini ortda qoldirdi. Hatto Tayvanning Xitoyga jami 200 milliard dollar sarmoyasi 2020-yilda 350 milliard dollarlik chip importi bilan solishtirganda hech narsa emas (o‘sha paytda Tayvanning TSMS kompaniyasining o‘zi jahon bozorining 50% dan ortig‘ini egallagan).
Ushbu chiplar tufayli Xitoy elektronika sanoati 2020-yilda dunyodagi elektron qurilmalarning 35 foizini jamlashga muvaffaq bo‘ldi.
Tramp ma’muriyati Xitoyga murakkab chiplar, shuningdek, chip ishlab chiqarish uskunalari va dizayn dasturlarini eksport qilishni cheklaganidan so‘ng, aynan Tayvan chiplari ishlab chiqaruvchilari Xitoyning yarimo‘tkazgich sanoatini rivojlantirishga yordam bermoqda.
Asia Times ma’lumotlariga ko‘ra, tayvanlik muhandislarning 20 foizi yuqori maosh uchun materikda ishlamoqda va Xitoy chiplari zavodlarini qurmoqda. Hozirda Xitoy allaqachon 7nanometrli chiplarni ommaviy ishlab chiqargan va 5Nm li chiplar bilan tajriba o‘tkazmoqda.
Agar Xitoy kecha Pelosining samolyotiga raketa uchirganida edi, u birinchi navbatda Xitoyning o‘ziga kelib tegardi va 1,5 milliard o‘z fuqarolarining farovonligini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lardi. Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi bunday beparvolik qilishlari mumkin (Rossiya energiya manbalaridan voz kechish misoli), ammo Xitoy emas.
Bugungi kunda Xitoy sanoati Tayvanga qaramlikni tezda yo‘q qilmoqda. Vazifa bajarilganidan so‘ng, orol qanday vaziyatda bo‘lishini taxmin qilish oson. Pelosi uchun bir lahzalik g‘alabadan farqli o‘laroq, bu Xitoy uchun global strategik g‘alaba bo‘ladi.
Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyoti 2-avgust kuni Taypey aeroportiga qo‘ndi. Bu Qo‘shma Shtatlar rasmiy vakilining 1997-yildan buyon ushbu orolga amalga oshirgan birinchi tashrifi bo‘ldi.

Xitoy Tayvanni o‘zining ajralmas qismi deb biladi va so‘nggi 50-yil davomida “hududiy yaxlitlik” siyosatini o‘tkazmoqda. Shu sababli XXR Taypey vakillari hamda xorijiy davlatlarning yuqori martabali amaldorlari va harbiylari o‘rtasidagi har qanday aloqaga doimo qarshi chiqib kelgan.

Xitoyning BMTdagi rasmiy vakili Chjan Szunga ko‘ra, xorijiy davlatlar tomonidan Xitoy va Tayvanning “hududiy yaxlitlik” tamoyilni mensimaslik – bu “qizil chiziq”dan o‘tishdir. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Pelosining ushbu safarini “provokatsiya” va boshqa “davlatlar huquq va manfaatlarini mensimaslik” deb atadi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0