Ukraina g‘allasi ortilgan yuk kemasi Bosforga kirdi

© AP Photo / David GoldmanSuxogruz Navi-Star s zernom v portu Odessi. Arxivnoe foto
Suxogruz Navi-Star s zernom v portu Odessi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Odessadan Istanbulga kelayotgan Syerra-Leone bayrog‘i ostidagi yuk kemasi Bosforga kirdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Ukraina g‘allasi bo‘lgan yuk kemasi Bosfor bo‘g‘oziga kirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Syerra-Leone bayrog‘i ostida suzib borayotgan yuk kemasi kecha, 2-avgust kuni kechqurun Odessadan Istanbulga yetib keldi.
Gumanitar operatsiya Istanbuldagi io‘shma muvofiqlashtirish markazi tarkibida rossiyalik zobitlarning faol ishtirokida rejalashtirilgandi. Kema Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tgan va Liviyaga yo‘l oldi.
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina g‘allasini eksport qilishda Rossiya tomonidan yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi.
Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0