https://oz.sputniknews.uz/20220803/shhtning-yagona-transport-xabini-qurish-kerak--qozogiston-elchisi--26790212.html
ShHTning yagona transport xabini qurish kerak – Qozog‘iston elchisi
ShHTning yagona transport xabini qurish kerak – Qozog‘iston elchisi
Sputnik O‘zbekiston
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda Pokiston va Hindistonga chiqish imkoniyatiga ega transport infratuzilmasini rivojlantirishga talab katta. 03.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-03T14:48+0500
2022-08-03T14:48+0500
2022-08-03T14:48+0500
siyosat
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
forum
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787675_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c08fd7737d29c2bf5f3df1841656ff49.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar yagona transport xabini qurishi kerak. Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ShHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumida ma’lum qildi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston hozirda davlatlararo nazorat-o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilmoqda va kengaytirmoqda.Uning qo‘shimcha qilishicha, Markaziy Osiyoda Pokiston va Hindistonga chiqish imkoniyatiga ega transport infratuzilmasini rivojlantirishga talab katta.Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi o‘z ishini boshladi. Forum savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.Ishbilarmon doiralari uchun biznes-forum, “V2V” uchrashuvlar va O‘zbekiston hududlariga sayohatlar tashkil etiladi. Forum davomida bir qator bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787675_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_062ef1bd1a53be33c29b01711946995f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), forum, transport
siyosat, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), forum, transport
ShHTning yagona transport xabini qurish kerak – Qozog‘iston elchisi
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda Pokiston va Hindistonga chiqish imkoniyatiga ega transport infratuzilmasini rivojlantirishga talab katta.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar yagona transport xabini qurishi kerak. Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ShHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumida ma’lum qildi, deb xabar beradi
Sputnik muxbiri. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston hozirda davlatlararo nazorat-o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilmoqda va kengaytirmoqda.
“Bugungi kunda dengiz tashuvlari narxining o‘sishi Yevroosiyoning markaziy qismida quruqlik tashuvlariga bo‘lgan talabni kuchaytirdi. Shu munosabat bilan Yevroosiyoning janubidan shimolga va sharqidan g‘arbga o‘zaro bog‘langan transport kommunikatsiyalarini yo‘lga qo‘yish masalasi juda dolzarb”, dedi Satibaldi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Markaziy Osiyoda Pokiston va Hindistonga chiqish imkoniyatiga ega transport infratuzilmasini rivojlantirishga talab katta.
“Ishonchim komilki, ShHTga a’zo mamlakatlarimiz transport aloqalarimizni yo‘lga qo‘yib, ularni yagona transport xabiga birlashtirsa, bu tashkilotimizning integratsiya jarayonlarini sezilarli darajada chuqurlashtiradi”, dedi Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi o‘z ishini boshladi. Forum savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.
Ishbilarmon doiralari uchun biznes-forum, “V2V” uchrashuvlar va O‘zbekiston hududlariga sayohatlar tashkil etiladi. Forum davomida bir qator bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.