https://oz.sputniknews.uz/20220803/qashqadaryodagi-yoshlar-turizmi-qurultoyidan-nimalar-kutilmoqda-26791854.html
Qashqadaryodagi “Yoshlar turizmi” qurultoyidan nimalar kutilmoqda
Qashqadaryodagi “Yoshlar turizmi” qurultoyidan nimalar kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qurultoyda O‘zbekistonda ilk bor turizm bo‘yicha "Yosh elchilar kengashi" tuziladi. 03.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-03T14:12+0500
2022-08-03T14:12+0500
2022-08-03T14:12+0500
turizm
qashqadaryo viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/13/24082764_167:225:2730:1667_1920x0_80_0_0_cc864b81be51ce85da5c06313e9561bb.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan 8-12 avgust kunlari Qashqadaryo viloyatida "Yoshlar turizmi" qurultoyi bo‘lib o‘tadi.Tadbir Shahrisabzda 1000 ta yoshlarni sig‘dira oladigan "Lochin" lagerida tashkil etiladi. Lagerda "Turizm instalyatsiyasi" mavjud.Unda Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashuv tashkil etiladi.Qurultoyda mamlakatning har bir hududidan 50 nafar iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 700 nafar o‘quvchi va talabalar ishtirok etishadi.Qurultoyga Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlaridan 20 nafar yoshlar ham taklif etilgan.Dasturdan "Turizm-kvest", "Usta-shogird" maktabi, "Eng yaxshi turizm loyihasi", "Yulduzlar tashrifi", "Toza-hudud" aksiyasi, "Do‘stlik gulxani" kabi tanlovlar va uchrashuvlar o‘rin olgan. Unda taniqli estrada yulduzlari, mashhur blogerlar va faollar ishtirok etishi kutilmoqda.Qurultoyda O‘zbekistonda ilk bor turizm bo‘yicha "Yosh elchilar kengashi" tuziladi. Unda saylovlar asosida faol yoshlar saralanib, maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi.Shu asosda har bir hududdan turizm elchilari saylab olinadi, respublikada har yili soha bo‘yicha ma’lumotlar berib boradi. Qurultoy har 5-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Yosh bloger va boshlovchi Amirxon Umarov yoshlar turizm sohasidagi mamlakat imidjini ko‘tarishini ta’kidladi. U mazkur qurultoy ana shunday yoshlarni kashf etishiga ishonch bildirdi.
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/13/24082764_207:78:2730:1970_1920x0_80_0_0_23fc92ce5b351074a4507817a77ab28a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, qashqadaryo viloyati
turizm, qashqadaryo viloyati
Qashqadaryodagi “Yoshlar turizmi” qurultoyidan nimalar kutilmoqda
Qurultoyda O‘zbekistonda ilk bor turizm bo‘yicha "Yosh elchilar kengashi" tuziladi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan 8-12 avgust kunlari Qashqadaryo viloyatida "Yoshlar turizmi" qurultoyi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Shahrisabzda 1000 ta yoshlarni sig‘dira oladigan "Lochin" lagerida tashkil etiladi. Lagerda "Turizm instalyatsiyasi" mavjud.
Qurultoydan ko‘zlangan maqsadi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yosh sayyohlarni aniqlashdan iborat.
Unda Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashuv tashkil etiladi.
Qurultoyda mamlakatning har bir hududidan 50 nafar iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 700 nafar o‘quvchi va talabalar ishtirok etishadi.
Qurultoyga Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlaridan 20 nafar yoshlar ham taklif etilgan.
Dasturdan "Turizm-kvest", "Usta-shogird" maktabi, "Eng yaxshi turizm loyihasi", "Yulduzlar tashrifi", "Toza-hudud" aksiyasi, "Do‘stlik gulxani" kabi tanlovlar va uchrashuvlar o‘rin olgan. Unda taniqli estrada yulduzlari, mashhur blogerlar va faollar ishtirok etishi kutilmoqda.
Qurultoyda O‘zbekistonda ilk bor turizm bo‘yicha "Yosh elchilar kengashi" tuziladi. Unda saylovlar asosida faol yoshlar saralanib, maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi.
Shu asosda har bir hududdan turizm elchilari saylab olinadi, respublikada har yili soha bo‘yicha ma’lumotlar berib boradi. Qurultoy har 5-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
"Bu qurultoy yoshlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘lishi kerak. Yurtimizda hech qayerga chiqmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron yoshlar bor. Mazkur qurultoyda ularning ishtirokini ta’minlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi Turizm va madaniy meros vazirligi ommaviy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Zarrina Abdullayeva.
Yosh bloger va boshlovchi Amirxon Umarov yoshlar turizm sohasidagi mamlakat imidjini ko‘tarishini ta’kidladi. U mazkur qurultoy ana shunday yoshlarni kashf etishiga ishonch bildirdi.