https://oz.sputniknews.uz/20220803/pelosining-tashrifi-aqsh-boshqa-davlatlar-huquqlarini-mensimasligini-korsatdi--zaxarova-26780736.html
Pelosining tashrifi AQSh boshqa davlatlar huquqlarini mensimasligini ko‘rsatdi – Zaxarova
Pelosining tashrifi AQSh boshqa davlatlar huquqlarini mensimasligini ko‘rsatdi – Zaxarova
Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova "har doim faol bo‘lgan" G‘arb diplomatlari so‘nggi kunlarda Pelosining Tayvanga tashrifi bo‘yicha sukut saqlayotganiga ham e’tibor qaratdi. 03.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-03T11:06+0500
2022-08-03T11:06+0500
2022-08-03T11:06+0500
rossiya
mariya zaxarova
nensi pelosi
tayvan
aqsh
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26396205_0:0:3377:1901_1920x0_80_0_0_8208ed8974cfaa99ba688dc973db590a.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi AQSh boshqa davlatlar huquqlarini mensimasligini ko‘rsatdi, deya yozib qoldirdi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.Diplomat Amerikaning Xitoydagi elchisi Nikolas Bornsning Pelosining safari munosabati bilan Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilganiga ham munosabat bildirdi.Shuningdek, u Amerikaning Xitoydagi elchixonasi sukut saqlayotganiga e’tibor qaratdi. "Har doim faol bo‘lgan" G‘arb diplomatlari so‘nggi kunlarda Pelosining Tayvanga tashrifi bo‘yicha sukut saqlayapti.AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Pelosining samolyoti Taybey 2-avgust kuni Taybey aeroportiga qo‘ndi. Shundan so‘ng AQSh vakili orol rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va undi "AQSh Tayvanni qo‘llashdan voz kechmasligini" ta’kidladi.Xitoy Xalq Respublikasi AQSh senatorining ushbu tashrifini keskin qoralamoqda. XXR raisi Si Szinpin aytishiga ko‘ra, AQSh separatistik maqsadlarda "Tayvan mustaqilligi" mavzusini ataylab ko‘tarib chiqmoqda.
tayvan
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26396205_179:0:2910:2048_1920x0_80_0_0_4e8e6a43da07f3468c3a227799505dd5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, mariya zaxarova, nensi pelosi, tayvan, aqsh, xitoy
rossiya, mariya zaxarova, nensi pelosi, tayvan, aqsh, xitoy
Pelosining tashrifi AQSh boshqa davlatlar huquqlarini mensimasligini ko‘rsatdi – Zaxarova
Zaxarova "har doim faol bo‘lgan" G‘arb diplomatlari so‘nggi kunlarda Pelosining Tayvanga tashrifi bo‘yicha sukut saqlayotganiga ham e’tibor qaratdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi AQSh boshqa davlatlar huquqlarini mensimasligini ko‘rsatdi, deya yozib qoldirdi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifasida. Diplomat Amerikaning Xitoydagi elchisi Nikolas Bornsning Pelosining safari munosabati bilan Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilganiga ham munosabat bildirdi.
"U (Nikolas Borns - tahr.) Qo‘shma Shtatlar provokatsiya qilish orqali yana bir bor boshqa davlatlar huquqlarini mensimaslikni ko‘rsatganini tushunadi. Va endi xalqaro huquqni hurmat qilish haqida gapirish, albatta, amerikaliklar uchun emas. Vashington Pekin oldidagi majburiyatlarini buzdi”, -dedi Zaxarova.
Shuningdek, u Amerikaning Xitoydagi elchixonasi sukut saqlayotganiga e’tibor qaratdi. "Har doim faol bo‘lgan" G‘arb diplomatlari so‘nggi kunlarda Pelosining Tayvanga tashrifi bo‘yicha sukut saqlayapti.
"Xo‘sh, nima? Amerika diplomatlari tom ma’noda tillarini yutib, bir burchakka yashirinishdi. Shubhasiz, ular Xitoy jamoatchiligining adolatli g‘azabidan qo‘rqishadi. Va ular to‘g‘ri ish qilishmoqda. Mehnatsevar Xitoy xalqi bunday munosabatga loyiq emas edi", deya xulosa qildi Mariya Zaxarova.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Pelosining samolyoti Taybey 2-avgust kuni Taybey aeroportiga qo‘ndi. Shundan so‘ng AQSh vakili orol rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va undi "AQSh Tayvanni qo‘llashdan voz kechmasligini" ta’kidladi.
Xitoy Xalq Respublikasi AQSh senatorining ushbu tashrifini keskin qoralamoqda. XXR raisi Si Szinpin aytishiga ko‘ra, AQSh separatistik maqsadlarda "Tayvan mustaqilligi" mavzusini ataylab ko‘tarib chiqmoqda.