O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam olishadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFeyerverk v chest festivalya Mejdunarodnogo iskusstva baxshi ozarilo termezskoe nebo vecherom 6-aprelya
Feyerverk v chest festivalya Mejdunarodnogo iskusstva baxshi ozarilo termezskoe nebo vecherom 6-aprelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonliklar mustaqillikning 31-yilligini munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonliklar mustaqillikning 31-yilligini munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Hujjatga asosan:
· 1-sentabr – payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
· 2-sentabr – juma (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - ish haftasi turidan qat’i nazar);
· 3-sentabr – shanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - olti kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun);
· 4-sentabr – yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni).
Avvalroq, O‘zbekistonda mustaqillikning 31-yilligi “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shior ostida o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. Bayram tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda keng nishonlanlanadi.
Yangiliklar lentasi
0