O‘zbekiston shaxmat jamoasi Slovakiya ustidan g‘alaba qozondi

© O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiShaxmat bo‘yicha erkaklar jamoasi Slovakiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi
Shaxmat bo‘yicha erkaklar jamoasi Slovakiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Butunjahon shaxmat olimpiadasining 5 turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Hindistonning Chennay shahrida davom etayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 5 turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi g‘alabaga erishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Shu kungacha musobaqada uch g‘alaba va bitta durang qayd etgan jamoa 5 turga kelib Slovakiya terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Slovakiya terma jamoasining birinchi taxtadagi vakili, xalqaro grossmeyster Jergusk Pexasni mag‘lub etdi.
Javohir Sindarov esa Juraj Druskadan ustun keldi.
Nodirbek Yoqubboyev Viktor Gazikni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Jahongir Vohidov Kristofer Repkaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Shu tariqa 5 turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 4 g‘alaba va bir durang bilan kuchli o‘nlikda borishmoqda.
Hozirda erkaklar jamoasi hisobida 9 ochko bor.
Eslatib o‘tamiz, shaxmat olimpiadasining to‘rtinchi kunida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi durang, ayollar terma jamoasi esa g‘alaba qayd etgandi.
Yangiliklar lentasi
0