https://oz.sputniknews.uz/20220803/namanganda-qadimgi-otashparastlar-ibodatxonasi-topildi-tafsilotlar-26799340.html
Namanganda qadimgi otashparastlar ibodatxonasi topildi – tafsilotlar
Namanganda qadimgi otashparastlar ibodatxonasi topildi – tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Namanganda qadimgi otashparastlar ibodatxonasi topildi. Arxeologik obyektini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish rejalashtirilgan.
2022-08-03T20:54+0500
2022-08-03T20:54+0500
2022-08-03T20:54+0500
jamiyat
arxeologik topilma
namangan viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26799544_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7d884a68d3bb747f8668088a3d303f51.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Namanganda qadimgi otashparastlar ibodatxonasi topildi. Arxeologik obyektini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish rejalashtirilgan. Bu haqida Turizm va Madaniy meros agentligi xabar berdi.Aytilishicha, Norin tumani Uchtepa qishlog‘ida qadimgi Xaylam shahri otashparastlar ibodatxonasi joylashgani aniqlandi. Ibodatxona milodiy VII-VIII asrlarga qadar mavjud bo‘lgan. Qazishma ishlari vaqtida rohib va rohibalarga tegishli suyak qoldiqlari, 50 dan ortiq o‘choq izlari hamda sopol idish siniqlari topildi.Hozirda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Uchtepa-2 arxeologiya obyekti konservatsiya qilindi.Obyektining devor va tom qismlarini issiq va sovuqdan saqlash uchun izolyatsiya ishlari amalga oshirilishi va obyektda doimiy bir xil haroratni saqlash maqsadida sovutish va isitish uskunasi o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.Qayd etilishicha, obyektni ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish bo‘yicha taklif Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi rejalashtirilgan.Ushbu obyekt akademik Ahmadali Asqarov tomonidan ochib o‘rganilgan va bir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan.
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26799544_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_2384c960fa078782797d5e522b9ae683.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
namanganda qadimgi otashparastlar ibodatxonasi topildi – tafsilotlar
namanganda qadimgi otashparastlar ibodatxonasi topildi – tafsilotlar
Namanganda qadimgi otashparastlar ibodatxonasi topildi – tafsilotlar
Qadimgi ibodatxonani ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Namanganda qadimgi otashparastlar ibodatxonasi topildi. Arxeologik obyektini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish rejalashtirilgan. Bu haqida Turizm va Madaniy meros agentligi xabar
berdi. Aytilishicha, Norin tumani Uchtepa qishlog‘ida qadimgi Xaylam shahri otashparastlar ibodatxonasi joylashgani aniqlandi. Ibodatxona milodiy VII-VIII asrlarga qadar mavjud bo‘lgan. Qazishma ishlari vaqtida rohib va rohibalarga tegishli suyak qoldiqlari, 50 dan ortiq o‘choq izlari hamda sopol idish siniqlari topildi.
“Uchtepa-2da o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar ibodatxona yong‘in natijasida vayron bo‘lganini ko‘rsatdi. Ruhoniylarga tegishli ekani taxmin qilinayotgan jasad qoldiqlarida esa o‘tkir tig‘li qurol bilan yetkazilgan zarba izlari topildi. Ushbu topilmalar va yong‘in izlari ibodatxonada jang olib borilganini ko‘rsatib turibdi”, deyiladi xabarda.
Hozirda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Uchtepa-2 arxeologiya obyekti konservatsiya qilindi.
Obyektining devor va tom qismlarini issiq va sovuqdan saqlash uchun izolyatsiya ishlari amalga oshirilishi va obyektda doimiy bir xil haroratni saqlash maqsadida sovutish va isitish uskunasi o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, obyektni ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish bo‘yicha taklif Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi rejalashtirilgan.
Ushbu obyekt akademik Ahmadali Asqarov tomonidan ochib o‘rganilgan va bir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan.