Yetti mingdan ortiq murojaat: Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqotiga tayyorgarlikning borishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqotiga tayyorgarlikning borishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
2021 yil 20-avgust kuni davlat rahbari tadbirkorlar bilan ilk bor ochiq muloqot o‘tkazgan edi. Bu sana mamlakatda “Tadbirkorlar kuni” sifatida belgilanib, bunday uchrashuvlar an’anaviy tarzda, har yili tashkil etiladigan bo‘ldi.
Bu yil ham mazkur muloqotga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tadbirkorlardan savol va takliflarni yig‘ish bo‘yicha respublika shtabi hamda “koll-markaz” tashkil etilgan. Unga bugungi kungacha 7 ming 200 dan ortiq taklif va murojaatlar kelib tushgan. Respublika shtabi a’zolari ularda ko‘tarilgan tizimli va xususiy masalalarni har kuni muhokama qilib bormoqda. Ularning aksariyati joyida hal etilmoqda.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari sohadagi tizimli muammolarga alohida e’tibor qaratdi.
Tahlillarga ko‘ra, xususiy mulk himoyasi, litsenziya va ruxsatnomalar olishdagi burokratiya, tadbirkorlar uchun kredit, yer va bino ajratish, soliq ma’murchiligi hamda infratuzilma masalalari dolzarb bo‘lib turibdi. Yig‘ilishda bu muammolarning sabablari va ularni hal etish choralari muhokama qilindi.
Davlat rahbari har bir murojaatni, ayniqsa, kichik va o‘rta biznesni qiynayotgan masalalarni alohida nazoratga olib, qonuniy va ijobiy yechim topish zarurligini ta’kidladi. Hududlarga chiqib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganish asosida biznes uchun sharoitlarni yaxshilash, tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.
Avgust oyi o‘rtasidan boshlab, joylarda vazirlar va hokimlar ishtirokida tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi o‘tkazilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokidagi uchrashuv bu haftalikning yakuniy va asosiy voqeasi bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0