Lavrov Pelosining Tayvanga tashrifi bilan AQSh nimani isbotlamoqchiligini aytdi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov: Pelosining Tayvanga tashrifi bilan AQSh butun dunyoga o‘zining jazolanmasligini isbotlamoqchi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi bilan AQSh butun dunyoga o‘zining jazolanmasligini isbotlashga harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Bu biz Ukrainadagi vaziyatga nisbatan gapirayotgan chiziqni aks ettiradi, menda hech qanday shubha yo‘q - bu hammaga ularning jazolanmasligini isbotlash istagi”, dedi Lavrov Myanmadagi muzokaralar yakunida jurnalistlarga bergan intervyusida.
“Bu Xitoy Xalq Respublikasi uchun nimani anglatishini yaxshi bilgan holda, men bunday qo‘zg‘ashni kutilmaganda yaratish uchun boshqa sabab ko‘rmayapman”, dedi Rossiya TIV rahbari.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyoti 2-avgust kuni Taypey aeroportiga qo‘ndi. Bu AQSh rasmiy vakilining 1997-yildan buyon ushbu orolga amalga oshirgan birinchi tashrifi bo‘ldi.
Xitoy Tayvanni o‘zining ajralmas qismi deb biladi va so‘nggi 50-yil davomida “hududiy yaxlitlik” siyosatini o‘tkazmoqda. Shu sababli XXR Taypey vakillari hamda xorijiy davlatlarning yuqori martabali amaldorlari va harbiylari o‘rtasidagi har qanday aloqaga doimo qarshi chiqib kelgan.
Xitoyning BMTdagi rasmiy vakili Chjan Szunga ko‘ra, xorijiy davlatlar tomonidan Xitoy va Tayvanning “hududiy yaxlitlik” tamoyilni mensimaslik – bu “qizil chiziq”dan o‘tishdir.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Pelosining ushbu safarini “provokatsiya” va boshqa “davlatlar huquq va manfaatlarini mensimaslik” deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0