Kreml Rossiya Ukraina muammosini diplomatiya yo‘li bilan hal etishga tayyorligini bildirdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishVid na Kreml
Vid na Kreml - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Peskov Rossiya Ukraina muammosini muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi, biroq o‘z shartlari asosida.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Rossiya Ukraina muammosini o‘z shartlarida diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga tayyor. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shredorning Rossiya mojaroni muzokaralar yo‘li bilan tartibga solish istagi borligi haqida aytgan gaplariga shunday munosabat bildirdi.
“Rossiya Ukraina muammosini o‘z shartlarida diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga tayyor va tayyorligicha qolmoqda. Bu shartlar Istanbulda kelishib olingan edi, va ular har ikki tomon, Rossiya va Ukraina muzokarachilar tomonidan muvofiqlashtirilgan edi. Keyin Ukraina tomoni kelishuvdan bosh tortdi va muzokaralarni bas qildi. Rossiya tayyor, bizning shartlarimiz Ukraina tomoniga juda yaxshi ma’lum”, - dedi Kreml vakili.
Peskov Shredor Ukraina atrofidagi muammoni diplomatiya yo‘li bilan hal etishda vositachi bo‘lish istagini bildirmaganini qo‘shimcha qildi.

Rossiya-Ukraina muzokaralari

Rossiya-Ukraina muzokaralari 28-fevralda, urush boshlaganidan to‘rt kun o‘tib o‘tkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni davom ettirdi. 10-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini tashkil qildi. 29-mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi..
Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar yaratayotganini aytdi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainada tinchlik Rossiya shartlarida o‘rnatilishini ta’kidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0