ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

"ArMI-2022": O‘zbekistonda 5 ta yo‘nalishdagi musobaqalar o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy voorujennix sil Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa "Tropa razvedchika" v konkurse "Otlichniki voyskovoy razvedki" v ramkax Armeyskix mejdunarodnix igr "ArMI-2020"
Voyennoslujashiy voorujennix sil Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa Tropa razvedchika v konkurse Otlichniki voyskovoy razvedki v ramkax Armeyskix mejdunarodnix igr ArMI-2020  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Musobaqalarda 37 ta davlatdan 275 ta jamoa o‘zaro bellashadi. O‘zbekitson hududida bo‘lib o‘tadigan barcha musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rilgan.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston VIII Xalqaro armiya o‘yinlarining 5 ta yo‘nalishiga mezbonlik qiladi. Bu haqida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"ArMI-2022" Xalqaro armiya o‘yinlari 13-avgustidan 27-avgust kuniga qadar dunyoning 12 ta davlat hududida o‘tkaziladi.
“O‘zbekiston Mudofaa vazirligi armiya o‘yinlarining 20 ta yo‘nalishida ishtirok etadi. 34 ta yo‘nalishni qamrab olgan musobaqalarda 37 ta davlatdan 275 ta jamoa o‘zaro bellashadi. Xususan, mamlakatimiz hududida ilk bor musobaqalarning 5 ta yo‘nalishi bo‘lib o‘tadi”, deydi Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i polkovnik Otabek Yuldashev.
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan musobaqlar:
Jizzaxdagi Forish poligonida “Dala oshxonasi” va “Qurolsoz usta” musobaqalari;
Samarqanddagi “Sazagan” poligonida “Xavfsiz muhit”, Sharqiy harbiy okrugda “Yo‘l patruli” musobaqalari;
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “Sodiq do‘st” musobaqasi.
Shuningdek, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoalari bir qator davlatlarda tashkil etiladigan musobaqalarda ishtirok etadi.
Ular quyidagilar:
Rossiya hududida “Elbrus halqasi”, “Avtozirxli tank-texnika ustasi”, “Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi”, “Tank biatloni”, “Harbiy-tibbiy estafeta”, “Harbiy ralli”, “Muhandis formulasi”;
Mo‘g‘ulistonda “Otliq marafon”;
Belarus Respublikasida “Ishonchli qabul” va “Qutb yulduzi”;
Qozog‘istonda “Armiya taktik o‘qchisi” va “Meridian”;
Venesuyelada “Merganlik marrasi”;
Jazoirda “Desant vzvodi”;
Eronda “Professional mergan”.
O‘zbekitson hududida bo‘lib o‘tadigan barcha musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rilgan.
Shuningdek, barcha hududlarda jamoa ishtirokchilari uchun WI-FI hududlar, 200 Mbit/s gacha yuqori tezlikdagi internet xizmatlari, valyuta ayirboshlash shahobchasi, mahalliy mobil aloqa operatorlarining xizmat ko‘rsatish shahobchalari, savdo nuqtalari hamda matbuot markazlari tashkil etilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi o‘tgan yilda o‘tkazilgan xalqaro armiya o‘yinlarida 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Umumjamoa hisobida 2 o‘rinni egallab, jami 37 ta rekord natijadan 10 tasini mamlakat harbiy xizmatchilari yangilagan edi.
Yangiliklar lentasi
0