AQSh Tayvanni qo‘llashdan voz kechmaydi – Pelosi

© AP Photo / Taiwan Presidential OfficeSpiker Palati predstaviteley SShA Nensi Pelosi i prezident Tayvanya Say Inven vo vremya vstrechi
Spiker Palati predstaviteley SShA Nensi Pelosi  i prezident Tayvanya Say Inven vo vremya vstrechi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Pelosining aytishicha, AQSh Tayvan bilan do‘stligidan faxrlanadi va uni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechmaydi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. AQSh Tayvan bilan mustahkam do‘stligidan faxrlanadi va orolni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z majburiyatlaridan voz kechmaydi. Bu haqda AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvan ommaviy axborot vositalari orqali efirga uzatilgan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

“Men juda faxrlanadigan delegatsiyamiz Tayvanga bo‘lgan sadoqatimizdan voz kechmasligimizni, mustahkam do‘stligimizdan juda faxrlanayotganimizni ochiq aytish uchun Tayvanga keldim”, - dedi Pelosi orol ma’muriyati rahbari Say Inven bilan uchrashuvda.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 2-avgust kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Pelosi Taybey aeroportiga qo‘ndi.
Aytish joizki, Xitoy Xalq Respublikasi AQSh senatorining ushbu tashrifini keskin qoralamoqda. XXR raisi Si Szinpin aytishiga ko‘ra, AQSh separatistik maqsadlarda "Tayvan mustaqilligi" mavzusini ataylab ko‘tarib chiqmoqda.
“Biz ayirmachilik va “Tayvan mustaqilligi”, shuningdek, tashqi kuchlarning aralashuviga qat’iy qarshimiz. Xalq irodasiga qarshi bora olmaysiz, olov bilan o‘ynashgan odam o‘zini yoqib yuboradi”, degan edi Si Szinpin Baydenga 28-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida.
Yangiliklar lentasi
0