Amerikaning Tayvanga lend-lizi: endi dunyo chilparchin bo‘ladimi?

CC BY-SA 4.0 / Supreme Dragon / Flags of the Cross-Strait entities (cropped photo)Flagi Kitayskoy Respubliki i Kitayskoy Narodnoy Respubliki
Flagi Kitayskoy Respubliki i Kitayskoy Narodnoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Pekin yaxshi bo‘lishga umid qilyapti, biroq eng yomon ssenariyga tayyorgarlik ko‘rapti. Xitoy yetakchisi Si Szinpin Tayvan oroli bilan “qayta birlashish”ni o‘z hukmronligining tamal toshiga aylantirgan.
AQSh Kongress Vakillari palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi, murakkab xalqaro muammolarni hal qilishning amerikancha “gegemoniyaning” sahnalashtirilgan tizimida mas’uliyatli davlat diplomatiyasidan ko‘ra Xirosima va Nagasakidagi yadro portlashiga yaqinroq turadi.
Nensi Pelosi boshchiligidagi Olti kishidan iborat Amerika delegatsiyasining maxsus reysi 2-avgust kuni Moskva vaqti bilan taxminan 18:00 da Tayvan oroligna kelib qo‘ndi. Ushbu tashrifga xalqaro qiziqish Vashington-Pekin-Taybey uchburchagidagi harbiy-siyosiy keskinlikning kuchayishi va Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Tayvan provinsiyasi - XXRning huquqiy va ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu orol-davlat BMT tomonidan tan olinmagan va atigi dunyoning 15 ta davlati uni tan olagan, qizig‘i - ular orasida AQSh yo‘q.
Shunday ekan, AQSh davlat tuzilmasida martaba ahamiyati bo‘yicha uchinchi o‘rinda turgan amaldor Nensi Pelosining Xitoyning suveren hududiga bugungi tashrifi - AQShning Taybeyga lend-liz loyihasi yoki prezident Jo Bayden 23-may kuni so‘zlagan nutqida aytgan "Xitoy hujum qilgan taqdirda AQSh armiyasi orolni himoya qilishga tayyor ekani" kabi provokatsiyadek tuyuladi. Voqealar zanjirini kuzatgan kishida - Pelosi kelishidan yagona maqsad - "orolga o‘t qo‘yishdek" tuyuladi.
Vashington bor imkoniyatlarini ishga solib Uchinchi jahon urushiga harakat qilyapti, boshlanishi uchun esa Tayvanni “ukrainalashtirmoqchi” va Pekin – Taybey o‘rtasidagi qurolli mojaroda proksi-ishtirokchi sifatida foyda olmoqchi. AQSh bir tomondan “yagona Xitoy” siyosatini tan olgan holda, ikkinchi tomondan orolliklarni qurollantirishda davom etmoqda - Rossiya maxsus operatsiyasi doirasida Kiyev rejimiga qurol yetkazib bergani kabi. ish tajeribasini hisobga olgan holda. Vashington Tayvanga F-16 qiruvchi samoletlari, zalp o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari, kemaga qarshi raketalar va harbiy razvedka ma’lumotlarini berishni va’da qilmoqda.
Xitoy bilan bunday "muloqot qilish" Osiyo-Tinch okeani mintaqasi hamda Shimoliy Amerika uchun tasavvur qilib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq, Vashington Tayvanda Pekin bilan (yoki Ukrainada Moskva bilan) qarama-qarshilik “demokratiyaning avtoritarizm ustidan g‘alaba qilishida” “tayanch nuqtasi”, “gegemon”ligining avvalgidek ekaniga o‘zini ishontirish vositasi sifatida foydalanmoqda. “Oliy maqsad” yo‘lida Pelosiga qo‘shib butun dunyoni chilparchin qilishsa ham achinishmaydi.

Xitoycha ogohlantirishi

Pekin hammasi yaxshi bo‘lishga umid qilmoqda, biroq eng yomon ssenariyga ham tayyorgarlik ko‘rapti. Xitoy yetakchisi Si Szinpin Tayvan oroli bilan “qayta birlashish”ni o‘z hukmronligining tamal toshiga aylantirgan va yaqinda AQSh prezidenti Jozef Bayden bilan telefon suhbatida “o‘t bilan o‘ynaganlar unda halok bo‘ladi”, deb ogohlantirgan edi. Buni Xitoy unga qarshi qaratilgan provokatsiyalarga kuch bilan jaavob berishni anglatadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid deb tushunish kerak.
Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Osiyo bo‘ylab sayohati fonida Tayvan yaqinida AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining katta guruhlari shakllandi - bir nechta aviatashuvchilar, o‘nlab kuzatib borish samoletlari, yuzlab jangovar samoletlar, jumladan, F-35B Lightning II. Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi bejizga AQShning mumkin bo‘lgan chegaradan chiqqanligini, separatistlar va ularni qo‘llovchilar Tayvan mustaqillikka erishishining eng kichik imkoniyatidan ham mahrum bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Xitoyning ikkita aviatashuvchisi “mashg‘ulotlar o‘tkazish” maqsadida dengizga chiqdi, Janubi- Xitoy dengizidagi yangi tuman besh sutkaga yopildi. Xitoy Xalq ozodlik armiyasi mamlakat janubi- sharqidagi kuchlarini ko‘paytirdi. Luntan aviabazasida Tayvan qirg‘og‘idan 125 km uzoqlikda J-11 va J-16 qiruvchi samoletlari, shuningdek, Rossiyadan sotib olingan Su-27 turibdi. Qirg‘oq bo‘yida yerda joylashgan kemaga qarshi tizimlar hamda “aviatashuvchilar qotili” DF-17 gipertovushli raketalari bilan birga joylashtirilgan. Tayvanga eng yaqin Fuszan provinsiyasi sohillarida (taxminan 130 km uzoqlikda) Xitoy Xalq Ozodlik armiyasining ko‘p sonli harbiylari va harbiy texnikalari shay holatda turibdi.
Avvalroq Xitoy Kurolli kuchlari “jiddiy ogohlantirish” sifatida Tayvan oroli yaqinidagi dengiz akvatoriyasida manervlar o‘tkazgan edi. Janubi-Xitoy dengizidagi samoletlar Amerikaning Theodore Rooseveltaviatashuvchilari 1500 km gacha bo‘lgan masofada gipertovushli raketalar bilan zarba berishni mashq qilishdi.
Ikki millionli Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi, harbiy- dengiz kuchlari kemalari bo‘yicha dunyoda birinchi va harbiy – havo kuchlari samoletlari va vertoletlari bo‘yicha dunyoda uchinchi bo‘lgan Xitoyni Taybey kuchlari bilan solishtirib bo‘lmaydi. Orolliklar qo‘shinlarida 300 mingta odam bor. Ular Pentagon standartlari bo‘yicha o‘qitilgan va qurollantirilgan.
Tayvanda XXR Kontinental armiyasini 480 ta Amerika tanklari, 2000 BTR, 600 SAU va shatakka olinadigan qurollar, AN-64E “Apach” va AN-1W “Kobra” 69 ta zarba vertoletlari, 175 ta ko‘p nishonli vertoletlar, “Petriot” zenit raketa komplekslari va shuningdek “Stinger”lar ham kutib turishibdi. Jumladan, Amerikaning F-16 Fighting Falcon qiruvchi samoletlari, uchuvchisiz apparatlari va mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan kemaga qarshi raketalar kompleksi bor.
Taybeyning quruqlikdagi kuchlari - 35 brigada, ulardan 25 tasi- piyoda, beshtasi- tank, uchtasi- mexanizatsiyalashgan. Harbiy- havo kuchlarida 90 ming, harbiy- havo flotida – 32,5 ming odam xizmat qiladi. Bundan tashqari, Tayvan yaqinida havo maydonini bugungi kunda AQSh Harbiy- Havo kuchlarining samolet-razvedkachilari patrul qilmoqda (Ukrainani eslaymiz). Pekin va Taybey (Vashington lend-lizi bilan) orasida harbiy to‘qnashuv boshlangan taqdirda Xitoy Xalq Ozodlik armiyasining bir necha oylar davom etadigan harbiy operatsiya o‘tkazishi (murakkab logistika, Tayvan bo‘g‘ozi eng qisqa joyda- 130 km). Amerika sanksiyalari va XXR iqtisodiyotining to‘xtab qolishi kafolatlangan. Bu oson tanlov emas.
Amerika tomonidan Pelosi tashrifi doirasida “g‘azabga qaraganda shovqin ko‘proq bo‘ladi”, XXR chiqishlari “yo‘l haqi uchun standart to‘lov” va bu xavfli reaksiya bo‘lmaydi deb hisoblashmoqda. Ammo baribir Pelosining tashrifi nostandart, harbiy maxsus operatsiyani eslatadi va hattoki “Xitoyning Rossiya bilan aloqalari” sababli “gegemon”ning qasosi bo‘lishi ham mumkin.
Avvalroq Amerika delegatsiyasi joylashgan bort xaritada “izlarni adashtirib qo‘ygan” va 2-avgust tongda Malayziyaga kelib qo‘ngan (Tayvangacha- 3000 km) Shu yerga esa AQSh hukumatining boshqa bir samoleti Pelosini Tayvanga kuzatib borish va maxsus bortni almashtirish uchun uchib keldi. Pentagonning rasmiy vakili Jon Kirbining bayonot berishicha, amerikaliklar spiker uchun sayohat paytida ya’ni XXR hududida kerak bo‘ladigan xavfsizlik va qo‘llab-quvvatlovni ta’minlashmoqda (2001 yilda Xitoyning Xaynan orolida urib tushirilgan AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining razvedkachi-samoletini eslaylik)
Nensi Pelosining Tayvanga provokatsion tashrifi “Bayden bo‘yicha bahonalar” va Taybey separatistlari uchun lend-liz loyihasi – AQShning Xitoyga nisbatan tajovuzi, Uchinchi jahon urishining boshlanishinidir. Buni amrikaliklarning o‘zi ham tushunadi.
Pentagonning Yevropadagi ittifoqdoshlari ham Xitoyning ehtimoliy qattiq zarbasidan, AQSh e’tibori Taybeyga qaratilgani, Ukrainaning jahon voqea-hodisalar zanjiridan siqib chiqarilganidan xavotirda. Tarix tarozilari tebranmoqda.
Va hammasidan yomoni Amerikaning eskirgan tajovuzi - AQShning eng keksa rahbarining Xitoyga (yoki Rossiyaga) his qilgan araziga unchalik ta’sirchan reaksiyasi emas, balki davlatning to‘ppa-to‘g‘ri jarlikka olib boradigan kursidir. Masalan, sobiq mudofaa vaziri Mark Esper Taybey yuqori rahbariyati bilan uchrashuvda AQShning “yagona Xitoy” siyosatidan butunlay voz kechishi kerakligi, Tayvan bilan xavfsizlik sohasida munosabatlarni aniqlashtirib olish (“Yagona Xitoy siyosatiga 50-yil bo‘ldi, va o‘ylashimcha u qaridi”) zarurligini aytdi. Aftidan Vashingtonda davlat mas’uliyati amerikancha jazosizlik tugagan yerda boshlanadi shekilli.
Yangiliklar lentasi
0