https://oz.sputniknews.uz/20220802/ukraina-himars-zarbasi-oldidan-aqsh-bilan-maslahatlashayotganini-aytdi-26761378.html
Ukraina HIMARS zarbasi oldidan AQSh bilan maslahatlashayotganini aytdi
Ukraina HIMARS zarbasi oldidan AQSh bilan maslahatlashayotganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina harbiy razvedkasi vakili HIMARSraketa tizimi zarbasi oldidan AQSh bilan maslahatlashuvlar o‘tkazayotganini ma’lum qildi. 02.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-02T16:12+0500
2022-08-02T16:12+0500
2022-08-02T16:12+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
aqsh
razvedka xizmati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/19/18899979_195:0:2062:1050_1920x0_80_0_0_4af42341f3757ee33787ad230e20e2c7.jpg
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Amerikaning HIMARS raketa tizimi yordamida zarba berishdan oldin Kiyev mumkin bo‘lgan nishonlarni Vashington bilan muvofiqlashtirmoqda, dedi Telegraph nashriga bergan intervyusida Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tizimlardan foydalanishda ukrainaliklar “real vaqt rejimida olingan ma’lumotlar”ga asoslanadi. Uning ta’kidlashicha, amerikaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishon koordinatalari haqidagi ma’lumotlarni bermaydilar.Skibitskiy Britaniya va Amerika sun’iy yo‘ldoshlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutish vaqtida foydalaniladimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob bera olmadi, ammo ularda "juda yaxshi suratlar" borligini bildirdi."Biz Buyuk Britaniyadagi hamkorlarimiz bilan bu sohada yaxshi hamkorlik qilmoqdamiz. Bizga aloqador barcha razvedka idoralari bilan juda yaxshi aloqalarimiz bor", deb xulosa qildi Ukraina razvedkasi rasmiysi.Eslatib o‘tamiz, 24-fevralda Donbassni himoya qilish bo‘yicha Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilari Ukrainaga harbiy texnika yetkazib berish hajmini oshirdi. AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyev rejimiga qariyb 40 milliard dollar miqdorida harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ajratish haqidagi qonun loyihasini imzoladi.O‘tgan hafta Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon suhbatida, AQShning Ukrainaga yetkazib berayotgan harbiy ta’minoti faqat mojaroni cho‘zishini, Kiyev rejimining iztiroblarini uzaytirishini va qurbonlar sonini ko‘paytirishini aytgan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/19/18899979_428:0:1828:1050_1920x0_80_0_0_6b7c6df5be3e6ae8d34f1c4818a97039.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, aqsh, razvedka xizmati
ukraina, aqsh, razvedka xizmati
Ukraina HIMARS zarbasi oldidan AQSh bilan maslahatlashayotganini aytdi
Ukraina harbiy razvedkasi vakili HIMARSraketa tizimi zarbasi oldidan AQSh bilan maslahatlashuvlar o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Amerikaning HIMARS raketa tizimi yordamida zarba berishdan oldin Kiyev mumkin bo‘lgan nishonlarni Vashington bilan muvofiqlashtirmoqda, dedi Telegraph nashriga bergan
intervyusida Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tizimlardan foydalanishda ukrainaliklar “real vaqt rejimida olingan ma’lumotlar”ga asoslanadi. Uning ta’kidlashicha, amerikaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishon koordinatalari haqidagi ma’lumotlarni bermaydilar.
“Skibitskiy.raketa uchirilishi arafasida har ikki davlatning razvedka xizmatlari vakillari o‘rtasida maslahatlashuvlar darajasi borligini ta’kidladi. Bu esa Vashingtonga, nishondan qoniqmagan taqdirdan, har qanday ehtimoliy hujumlarni to‘xtatish imkonini beradi", - deb yozadi gazeta razvedka xodimiga tayanib.
Skibitskiy Britaniya va Amerika sun’iy yo‘ldoshlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutish vaqtida foydalaniladimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob bera olmadi, ammo ularda "juda yaxshi suratlar" borligini bildirdi.
"Biz Buyuk Britaniyadagi hamkorlarimiz bilan bu sohada yaxshi hamkorlik qilmoqdamiz. Bizga aloqador barcha razvedka idoralari bilan juda yaxshi aloqalarimiz bor", deb xulosa qildi Ukraina razvedkasi rasmiysi.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevralda Donbassni himoya qilish bo‘yicha Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilari Ukrainaga harbiy texnika yetkazib berish hajmini oshirdi. AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyev rejimiga qariyb 40 milliard dollar miqdorida harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ajratish haqidagi qonun loyihasini imzoladi.
O‘tgan hafta Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon suhbatida, AQShning Ukrainaga yetkazib berayotgan harbiy ta’minoti faqat mojaroni cho‘zishini, Kiyev rejimining iztiroblarini uzaytirishini va qurbonlar sonini ko‘paytirishini aytgan edi.