https://oz.sputniknews.uz/20220802/oq-uy-afgonistonda-al-qoida-etakchisi-ayman-az-zavohiriy-yoq-qilindi-26745177.html
Oq uy: Afg‘onistonda “Al-Qoida”* yetakchisi Ayman az-Zavohiriy yo‘q qilindi
Oq uy: Afg‘onistonda “Al-Qoida”* yetakchisi Ayman az-Zavohiriy yo‘q qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Zavohiriy 2011-yilda Usama bin Lodin o‘ldirilganidan keyin "Al-Qoida"ga* rahbarlik qilgan. 02.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-02T11:24+0500
2022-08-02T11:24+0500
2022-08-02T11:24+0500
dunyoda
al-qoida
oq uy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/431/22/4312273_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_929f1b636527dcadff0977bff5435aaa.jpg
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Oq uy 30-iyul kuni Afg‘onistonda o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida “Al-Qoida”* terrorchilik tashkiloti yetakchisi Ayman az-Zavohiriyni yo‘q qilinganini tasdiqladi.Avvalroq “Politico” nashri o‘z manbalariga tayangan holda Kobulda Ayman az-Zavohiriyni yo‘q qilingani haqida xabar tarqatgan edi.AQSh prezidenti Jo Bayden az-Zavohiriyni yo‘q qilish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiya har tomonlama muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidlagan.“Uning (az-Zavohiriyning – tahr.) oila a’zolaridan hech kim jabrlanmagan, tinch aholi vakillaridan qurbonlar yo‘q”, – deya qo‘shimcha qildi Bayden.Ma’lumotlarga ko‘ra, “Al-Qoida”* yetakchisi uchuvchisiz qurilmalardan uchirilgan “Hellfire” raketalari yordamida yo‘q qilingan.Misrlik al-Zavohiriy Usama bin Lodin 2011-yilda amerikaliklar tomonidan yo‘q qilinganidan keyin “Al-Qoida”ga* rahbarlik qilgan. Al-Zavohiriy AQSh razvedka idoralari tomonidan eng faol qidirilayotgan terrorchilar ro‘yxatida bo‘lgan va rasmiy Vashington uning qayerda ekani haqidagi ma’lumot uchun 25 million dollargacha pul mukofoti taklif qilgan.* Rossiya, O‘zbekiston va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/431/22/4312273_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_a3993eb01e2fb3aaa9a72c5b2ee43cc0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, al-qoida, oq uy
Oq uy: Afg‘onistonda “Al-Qoida”* yetakchisi Ayman az-Zavohiriy yo‘q qilindi
Zavohiriy 2011-yilda Usama bin Lodin o‘ldirilganidan keyin "Al-Qoida"ga* rahbarlik qilgan.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Oq uy 30-iyul kuni Afg‘onistonda o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida “Al-Qoida”* terrorchilik tashkiloti yetakchisi Ayman az-Zavohiriyni yo‘q qilinganini tasdiqladi.
Avvalroq “Politico” nashri o‘z manbalariga tayangan holda Kobulda Ayman az-Zavohiriyni yo‘q qilingani haqida xabar tarqatgan edi.
AQSh prezidenti Jo Bayden az-Zavohiriyni yo‘q qilish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiya har tomonlama muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidlagan.
“Uning (az-Zavohiriyning – tahr.) oila a’zolaridan hech kim jabrlanmagan, tinch aholi vakillaridan qurbonlar yo‘q”, – deya
qo‘shimcha qildi Bayden.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Al-Qoida”* yetakchisi uchuvchisiz qurilmalardan uchirilgan “Hellfire” raketalari yordamida yo‘q qilingan.
Misrlik al-Zavohiriy Usama bin Lodin 2011-yilda amerikaliklar tomonidan yo‘q qilinganidan keyin “Al-Qoida”ga* rahbarlik qilgan. Al-Zavohiriy AQSh razvedka idoralari tomonidan eng faol qidirilayotgan terrorchilar ro‘yxatida bo‘lgan va rasmiy Vashington uning qayerda ekani haqidagi ma’lumot uchun 25 million dollargacha pul mukofoti taklif qilgan.
* Rossiya, O‘zbekiston va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti