https://oz.sputniknews.uz/20220802/nensi-pelosining-tayvanga-tashrifi-bugun-amalga-oshadi---oav-26743899.html
Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi bugun amalga oshadi - OAV
Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi bugun amalga oshadi - OAV
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Xalq Respublikasi AQSh senatorining ushbu tashrifini keskin qoramoqda. 02.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-02T11:07+0500
2022-08-02T11:07+0500
2022-08-02T11:28+0500
dunyoda
xitoy
aqsh
si szinpin
nensi pelosi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/01/26720146_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_60d951bea3edf27d6aa43ba064247886.jpg
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga bugun, 2-avgust kuni soat 21:00 dan 22:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 18:00-19:00) yetib boradi. Bu haqda Tayvanning “China Times” gazetasi yozgan. Avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga asoslanib, Pelosi Tayvanga tashrif buyurgan taqdirda Xitoy qo‘shinlari “qo‘l qovushtirib o‘tirmasligi” xabar qilingandi. 31-iyul kuni Pelosi AQSh kongressmenlari delegatsiyasi tarkibida Osiyo bo‘ylab safarini boshladi. Siyosatchi saytida xabar qilinganidek, ular to‘rtta davlatga - Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya va Yaponiyaga tashrif buyurishadi. Vashington ushbu “ittifoqchilar va do‘stlar” bilan “tinchlik va xavfsizlik, iqtisodiy o‘sish va savdo, COVID-19 pandemiyasi, iqlim inqirozi, inson huquqlari va demokratik boshqaruv” bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilmoqchi.Aytish joizki, Xitoy Xalq Respublikasi AQSh senatorining ushbu tashrifini keskin qoralamoqda. XXR raisi Si Szinpin aytishiga ko‘ra, AQSh separatistik maqsadlarda "Tayvan mustaqilligi" mavzusini ataylab ko‘tarib chiqmoqda. “Biz ayirmachilik va “Tayvan mustaqilligi”, shuningdek, tashqi kuchlarning aralashuviga qat’iy qarshimiz. Xalq irodasiga qarshi bora olmaysiz, olov bilan o‘ynashgan odam o‘zini yoqib yuboradi”, degan edi Si Szinpin Baydenga 28-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/01/26720146_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_3d77d32fb264205ed09118d13ad014e7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, aqsh, si szinpin, nensi pelosi
dunyoda, xitoy, aqsh, si szinpin, nensi pelosi
Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi bugun amalga oshadi - OAV
11:07 02.08.2022 (yangilandi: 11:28 02.08.2022) Xitoy Xalq Respublikasi AQSh senatorining ushbu tashrifini keskin qoramoqda.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga bugun, 2-avgust kuni soat 21:00 dan 22:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 18:00-19:00) yetib boradi. Bu haqda Tayvanning “China Times” gazetasi
yozgan. Avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga asoslanib, Pelosi Tayvanga tashrif buyurgan taqdirda Xitoy qo‘shinlari “qo‘l qovushtirib o‘tirmasligi”
xabar qilingandi.
31 iyul kuni Pelosi AQSh kongressmenlari delegatsiyasi tarkibida Osiyo bo‘ylab safarini boshladi. Siyosatchi saytida xabar qilinganidek, ular to‘rtta davlatga - Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya va Yaponiyaga tashrif buyurishadi. Vashington ushbu “ittifoqchilar va do‘stlar” bilan “tinchlik va xavfsizlik, iqtisodiy o‘sish va savdo, COVID-19 pandemiyasi, iqlim inqirozi, inson huquqlari va demokratik boshqaruv” bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilmoqchi.
Aytish joizki, Xitoy Xalq Respublikasi AQSh senatorining ushbu tashrifini keskin qoralamoqda. XXR raisi Si Szinpin aytishiga ko‘ra, AQSh separatistik maqsadlarda "Tayvan mustaqilligi" mavzusini ataylab ko‘tarib chiqmoqda.
“Biz ayirmachilik va “Tayvan mustaqilligi”, shuningdek, tashqi kuchlarning aralashuviga qat’iy qarshimiz. Xalq irodasiga qarshi bora olmaysiz, olov bilan o‘ynashgan odam o‘zini yoqib yuboradi”, degan edi Si Szinpin Baydenga 28-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida.