https://oz.sputniknews.uz/20220802/mahkumlarning-koloniyadagi-ish-stajini-umumiy-stajga-qoshib-hisoblash-tartibi-joriy-etilmoqda--26762617.html
Mahkumlarning koloniyadagi ish stajini umumiy stajga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilmoqda
Mahkumlarning koloniyadagi ish stajini umumiy stajga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Nogironligi bo‘lgan mahkumlarning huquq doirasi kengaytirilib, xalqaro huquq normalari bilan muvofiqlashtirilmoqda. 02.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-02T16:34+0500
2022-08-02T16:34+0500
2022-08-02T16:34+0500
jamiyat
qamoq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/60/6926037_0:106:1200:781_1920x0_80_0_0_cd02c694c26db365113732ad76551202.jpg
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekistonda mahkumlarning koloniyadagi ish staji ularning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilishi kutilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqib, birinchi o‘qishda qabul qilishdi.Qayd etilishicha, hujjat ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga jazoni o‘tash sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, mehnatga jalb etilgan mahkumlarning koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibini joriy etish va ularning tuzalish yo‘liga o‘tganini belgilovchi qat’iy mezonlarni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.Tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan mahkumlarning huquq doirasi kengaytirilib, nogironligi bo‘lgan mahkumlarning huquq doirasi kengaytirilib, xalqaro huquq normalari bilan muvofiqlashtirilmoqda.Shu bilan birga, mahkumlarga rag‘batlantirish, muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish choralarini ko‘rish uchun asos bo‘ladigan mahkumning tuzalish yo‘liga o‘tganini baholovchi aniq mezonlar belgilanyapti.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/60/6926037_115:0:1170:791_1920x0_80_0_0_e0f43354189969fff42ea9afce764f72.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qamoq
Mahkumlarning koloniyadagi ish stajini umumiy stajga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilmoqda
Nogironligi bo‘lgan mahkumlarning huquq doirasi kengaytirilib, xalqaro huquq normalari bilan muvofiqlashtirilmoqda.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekistonda mahkumlarning koloniyadagi ish staji ularning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilishi kutilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqib, birinchi o‘qishda
qabul qilishdi. Qayd etilishicha, hujjat ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga jazoni o‘tash sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, mehnatga jalb etilgan mahkumlarning koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibini joriy etish va ularning tuzalish yo‘liga o‘tganini belgilovchi qat’iy mezonlarni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan mahkumlarning huquq doirasi kengaytirilib, nogironligi bo‘lgan mahkumlarning huquq doirasi kengaytirilib, xalqaro huquq normalari bilan muvofiqlashtirilmoqda.
Shu bilan birga, mahkumlarga rag‘batlantirish, muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish choralarini ko‘rish uchun asos bo‘ladigan mahkumning tuzalish yo‘liga o‘tganini baholovchi aniq mezonlar belgilanyapti.