“Osiyo bolalari-2022”: o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilar 5 ta medalga ega chiqishdi

© Foto: O‘zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligiO‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilar
O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik kurashchilar Vladivostokdagi xalqaro o‘yinlarda 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Rossiyaning Vladivostok shahrida o‘tayotgan VII “Osiyo bolalari” sport o‘yinlari doirasida o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilar o‘z ishtiroklarini yakunlashdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Husniddin Abdukarimov O‘zbekiston jamoasiga “oltin” keltirdi. Sarvar Jumayev Seyman Aslanov va Nurmuhammad Roziqovlar kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Shohjahon Shavkatov esa “bronza” bilan kifoyalandi.
Ertaga o‘zbekistonlik kurashchi qizlar bellashuvlarga kirishishadi.
Shu tariqa “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida hozircha O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 18 ta medal, ya’ni 5 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza bor.

Mavzuga oid:

“Osiyo bolalari”: o‘zbekistonlik sportchi ilk kumush medalni qo‘lga kiritdi
“Osiyo bolalari-2022”: sportchilar qanday kutib olindi - foto
Yangiliklar lentasi
0