Ijodiy imtihonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda nazorat qilinadi

© Press-slujba MISiSVstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane
Vstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2022
Obuna bo‘lish
1–10 avgust kunlari 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda imtihonlarni nazorat qiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
1–10 avgust kunlari 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tadi.
2021/2022-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli o‘tkazish maqsadida jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, ilk bor imtihon bo‘ladigan bino va maydonlarda o‘rganishlar olib borish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi.
Vazirlik va agentlik mas’ul xodimlari tomonidan jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi, jonli efirga uzatilishi to‘liq nazorat qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0