https://oz.sputniknews.uz/20220730/shhtning-samarqand-sammiti-uchun-28-ta-hujjat-kelishib-olindi-26665931.html
ShHTning Samarqand sammiti uchun 28 ta hujjat kelishib olindi
ShHTning Samarqand sammiti uchun 28 ta hujjat kelishib olindi
Sputnik O‘zbekiston
ShHTning Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida ko‘rib chiqiladigan hujjatlar to‘plamini kelishish jarayoni yakunlandi.
2022-07-30T10:33+0500
2022-07-30T10:33+0500
2022-07-30T10:33+0500
siyosat
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/598/32/5983264_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_abf5abfa7cdaa2bd7b34deae0dafa332.jpg
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida ko‘rib chiqiladigan hujjatlar to‘plamini kelishish jarayoni yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga asosan RIA Novosti xabar berdi.Shavkat Mirziyoyev ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Hujjatlar mintaqa ichida tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat sohasida hamkorlik va transport sohasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha konsepsiya va dasturlarni o‘z ichiga oladi.“Yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda”, — deyilgan xabarda.Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/598/32/5983264_171:0:1071:675_1920x0_80_0_0_0dc569188f1482599c0a152f382b4654.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shhtning samarqand sammiti uchun 28 ta hujjat kelishib olindi
shhtning samarqand sammiti uchun 28 ta hujjat kelishib olindi
ShHTning Samarqand sammiti uchun 28 ta hujjat kelishib olindi
ShHTning Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida ko‘rib chiqiladigan hujjatlar to‘plamini kelishish jarayoni yakunlandi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida ko‘rib chiqiladigan hujjatlar to‘plamini kelishish jarayoni yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga asosan RIA Novosti xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Davlat rahbari O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida 70 dan ortiq yirik tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Samarqand sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilinishi ko‘zda tutilgan 28 ta hujjatni kelishuv jarayoni yakunlandi”, - deyilgan xabarda.
Hujjatlar mintaqa ichida tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat sohasida hamkorlik va transport sohasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha konsepsiya va dasturlarni o‘z ichiga oladi.
“Yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda”, — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.