O‘zbekistonda anor urug‘idan yog‘ ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

© SputnikStend Uzbekistana na vistavke WorldFood Moscow 2019
Stend Uzbekistana na vistavke WorldFood Moscow 2019 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2022
Obuna bo‘lish
Korxonaning quvvati yiliga 2500 litr yog‘ ishlab chiqarish. Hukumat grant ajratdi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Sirdaryo viloyatida anor urug‘idan yog‘ ishlab chiqarish bo‘yicha startap ishga tushirildi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” gazetasi xabar berdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi loyihaga 305,2 mln so‘m miqdorida grant ajratdi. Ishlab chiqarish bilan “Anor yog’i Sirdaryo” MChJ shug‘ullanadi.
Korxona rahbari Yashin Mamatqulovning aytishicha, korxona grant evaziga Xitoydan ikki turdagi uskunalar xarid qildi. Birinchisi - danaklarni siqish uchun tayyorlaydi. Ikkinchisi sovuq press bo‘lib, unga toza danaklar yuklanadi.
Laboratoriyada barcha qayta ishlashdan so‘ng, yoq sifat va foydalanishga yaroqliligi tekshiriladi. Keyinchalik, shishalarga quyilib, sotish uchun tayyorlanadi.
Anor urug‘i yog‘i ko‘pincha kosmetik va tibbiy mahsulotlar tarkibiga qo‘shiladi.
Yangiliklar lentasi
0