Sanksiyalar tufayli Yevropa bumerang effektini boshdan kechirmoqda - Venesuela deputati

© AFP 2023 / SINA SCHULDTFlag YeS
Flag YeS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna bo‘lish
Venesuela deputatining fikricha, bumerang, nafaqat iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar, balki oziq-ovqat inqirozi hamdir.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Rossiyaga qarshi joriy etilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar tufayli Yevropa bumerang effektini boshdan kechirmoqda. Bu haqda Venesuela deputati Toni Bosa RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
“Ular uchun Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar tufayli bumerang lahzasi keldi. Yevropa uchun bu katta ijtimoiy narx va siyosiy xarajatlar”, deydi u.
Uning fikricha, bumerang, nafaqat iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar, balki oziq-ovqat inqirozi hamdir.
“Yevropaning gaykalarni bo‘shatib qo‘yayotgani... uning blokida turli manfaatlarga ega bo‘lgan davlatlar borligini isbotlaydi”, deya qo‘shimcha qildi Bosa.
Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiya Federatsiyasiga, xususan, Rossiya energiya resurslariga qarshi sanksiyalar joriy qila boshladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0