https://oz.sputniknews.uz/20220729/pokiston-transport-koridorlarini-yaratishni-qollab-quvvatlaydi-26643341.html
Pokiston transport koridorlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi
Pokiston transport koridorlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etmoqda. 29.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-29T14:24+0500
2022-07-29T14:24+0500
2022-07-29T14:24+0500
siyosat
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
toshkent
pokiston
transafg‘on temir yo‘li
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1d/26642794_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_10d8a19ea7efc4c29b06d924627ac25c.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Pokiston O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan transport yo‘laklarini rivojlantirish va yaratish bo‘yicha ShHT hamkorlik konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqida Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardoriy ma’lum qildi.Vazir ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishida so‘zlagan nutqida Pokiston O‘zbekiston va Afg‘oniston bilan birgalikda Transafg‘on temir yo‘lining keng ko‘lamli loyihasi ustida ish olib borilayotganini qayd etib o‘tdi.Ushbu loyiha Markaziy Osiyo davlatlari ayniqsa, Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradi, shuningdek, ShHT mintaqasi mamlakatlari bilan yuk tashish aloqalarini ta’minlaydi.Ma’lumot uchun, transafg‘on temir yo‘l koridori “Termiz – Mozori -Sharif – Kobul – Peshovar” yo‘nalishidir. Loyihaning taxminiy qiymati 4,6 mlrd dollarni tashkil etadi, amalga oshirish muddati 5-yil.Transafg‘on temir yo‘li loyihasini amalga oshirish yuk tashish vaqti va narxini 30-40 foizga qisqartiradi.Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv 2022-yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tashkilot sammitiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichidir.
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1d/26642794_74:0:1211:853_1920x0_80_0_0_ce9c67f5bd8bacfc52c23898ff1678fb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), toshkent, pokiston, transafg‘on temir yo‘li
siyosat, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), toshkent, pokiston, transafg‘on temir yo‘li
Pokiston transport koridorlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi
Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Pokiston O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan transport yo‘laklarini rivojlantirish va yaratish bo‘yicha ShHT hamkorlik konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqida Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardoriy ma’lum
qildi. Vazir ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishida so‘zlagan nutqida Pokiston O‘zbekiston va Afg‘oniston bilan birgalikda Transafg‘on temir yo‘lining keng ko‘lamli loyihasi ustida ish olib borilayotganini qayd etib o‘tdi.
Ushbu loyiha Markaziy Osiyo davlatlari ayniqsa, Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradi, shuningdek, ShHT mintaqasi mamlakatlari bilan yuk tashish aloqalarini ta’minlaydi.
Ma’lumot uchun, transafg‘on temir yo‘l koridori “Termiz – Mozori -Sharif – Kobul – Peshovar” yo‘nalishidir. Loyihaning taxminiy qiymati 4,6 mlrd dollarni tashkil etadi, amalga oshirish muddati 5-yil.
Transafg‘on temir yo‘li loyihasini amalga oshirish yuk tashish vaqti va narxini 30-40 foizga qisqartiradi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv 2022-yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tashkilot sammitiga tayyorgarlikning yakuniy
bosqichidir.