O‘zbekistonlik taekvondochilar jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaV Bolgarii startoval chempionat mira po taekvondo sredi kadetov
V Bolgarii startoval chempionat mira po taekvondo sredi kadetov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna bo‘lish
Sportchilar Jahon chempionatini 5ta medal bilan boshlashdi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini 5ta medal bilan boshlashdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Jahon chempionati Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning ilk kunida o‘zbekistonlik 5 nafar tayekvondochi dayanga chiqdi.
Natijalar:
Ahadjon Muxtorov – bronza;
Javohir Hidoyatov – bronza;
Nigora A’zamjonova – bronza;
Omina Ergasheva – bronza;
Rozalina Tolibjanova – bronza.
Jahon chempionati 31-iyulgacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya Respublikasi mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e’lon qilingandi. Yangilangan reytingda Charos Qayumova ayollar tasnif jadvalida ilk bor peshqadamga aylangan taekvondochiga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0