Norov ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisida kimlar ishtirok etishini aytdi

© Sputnik / Zafar XalilovZasedanie Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-chlenov ShOS v Tashkente
Zasedanie Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-chlenov ShOS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna bo‘lish
Shu yilning 15-16 sentabr kunlari ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida kimlar ishtirok etishini ma’lum qildi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
Vladimir Norovning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarlari kengashi sammitida Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston davlat rahbarlari kuzatuvchi, shuningdek, Turkmaniston prezidenti mehmon sifatida ishtirok etishi tasdiqlandi.
Shuningdek, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va ASEAN, MDH, KXShT, YeOII hamda boshqalar ijroiya organlari rahbarlaridan ham tasdiqlar olindi.
Vladimir Norov O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmonni bo‘lajak Sammitda mehmon sifatida ishtirok etish taklifini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun tomonlarga minnatdorchilik bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0