Nega banderachilarga AQShning qiruvchi samolyotlari kerak bo‘lib qoldi?

© Sputnik / Aleksey VitviskiySamolyoti F-16
Samolyoti F-16 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna bo‘lish
Kiyev rejimi avvalgidek NATO qarshisiga umuman reallikdan uzoq maqsadlar qo‘yapti- ya’ni Ukraina osmonini yopish. Biroq, 24 ta F-16 qiruvchilari bilan buni amalga oshirish texnologik jihatdan mumkin emas.
Tirik qolish uchun Kiyev rejimiga AQShni Rossiyaga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga aralashtirish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa Ukraina Qurolli Kuchlarini “o‘z-o‘zini himoya qilish uchun” NATOning boshqa qandaydir zarba beruvchi samoletlari bilan emas, balki Amerikaning F-16 qiruvchi samoletlari bilan birgalikda uzoq masofali raketali qurollar bilan ta’minlash kerak bo‘ladi.
Ukrainaning mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Ukraina Qurolli Kuchlari Havo kuchlarinining kelajagini Amerikaning F-16 “tez va universal” qiruvchi samoletlarini qurollar safiga kiritish bilan bog‘lamoqda, aerodromlarni adaptatsiya qilish, ushbu mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatadigan infratuzilmani shakllantirish haqida o‘ylamoqda.
AQSh Harbiy – havo kuchlari shtabi boshlig‘i Charlz Braun avvalroq Kiyevga tanlash uchun- Amerikada ishlab chiqarilgan F-15 yoki F-16, Yevropada ishlab chiqarilgan Eurofighter, Rafale, Gripen larini taklif qildi. Baribir AQShning Kiyevga yangi zamonaviy F-16 ikki eskadrillari bilan ta’minlashi, ehtimol bu yerda (xuddi shunday samoletga ega) uchinchi mamlakat vositachilik qiladi.
F-16 ni muhokama qilish kontekstida Kongress vakillari palatasi Mudofaa mablag‘lari to‘g‘risidagi qonunga ukrainalik uchuvchilar va texniklarni Amerika samoletlarini boshqarishga o‘rgatish uchun 100 million dollar ajratish to‘g‘risida tuzatishni ma’qullashdi. “Mashg‘ulotlar” o‘tkaziladigan joy hali aniqlanmagan, ammo summa niyat jiddiy ekanligini bildiradi. Darvoqe, F-16 Block 70 so‘nggi modifikatsiyasining bir komplekti qariyb 200 million dollar turadi, F-35 qimmatroq. Rossiyaning zenit raketalari “ko‘rinmas”lar uchun ancha arzonroq tushadi.
Amerikada ishlab chiqarilgan A-10 Thunderbolt (bu AQSh Harbiy-Havo kuchlari vaziri taklifi) Ukraina Qurolli Kuchlariga ehtimoliy yetkazilishi (sotilishi) Kiyevda dastlabki muhokamalar bosqichida qat’iyan rad etildi. Ukraina mudofaa vaziri Reznikov A-10 samoletlarini “eski” va kerakmas deb atadi. Aviatsion pushka atrofida qurilgan A-10 Thunderbolt II Ukrainaning Su-25 laridan yaxshiroq ko‘rinadi- u uch barovar uzoq masofaga, ikki barobar o‘q otish kuchiga va aniq otish qobiliyatiga ega. Tajribali advokat Reznikov ayyorlik qilyapti.

Musibatni chaqirmang- bu hali maxsus operatsiya

Kiyev rejimi avvalgidek NATO qarshisiga umuman reallikdan uzoq maqsadlar qo‘yapti- ya’ni Ukraina osmonini yopish. Biroq, 24 ta F-16 qiruvchilari bilan buni amalga oshirish texnologik jihatdan mumkin emas. Ukraina havo maydonini besh oydan buyon Rossiya Harbiy kosmiy kuchlari nazorat qilyapti.
Amerikaning 4++ avlodiga tegishli yengil F-16 Fighting Falcon qiruvchisi G‘arbda F-22 va F-35 samoletlariga teng, ammo baribir jangovor xususiyatlariga ko‘ra, “Sokol”lar Rossiyaning og‘ir Su-35S va Su-30SM qiruvchilar ortida qolib ketadi. Kiyevga Amerikada ishlab chiqarilgan qiruvchilarning yetkazilishi Rossiya hududi chuqurligidagi startegik nishonlarga qarshi F-16 “havo-yer” raketalarini (980 km masofaga ega AGM-158) foydalanish holatida katta ehtimol bilan Rossiya Federatsiyasi va AQShni to‘g‘ridan – to‘g‘ri to‘qnashuvlarga olib keladi. Ukrainaning Milliy xavfsizlik va Mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov bunday ehtimol borligini ommaviy ma’lum qildi.
Milliy Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov 27- iyul kuni Kiyevga G‘arb qurollarini yetkazib berish hajmining ko‘payishi “Rossiya Federatsiyasini kesqinroq javob choralariga o‘tishga majbur qilishi mumkin”ligini aytdi. G‘arb tomondan yetkazib berilayotgan qurollarning taktik-texnik xususiyatilari shundan iboratki, ular bizning fuqurolarimizga xavf tug‘diradi... Bu harakatlar harbiy to‘qnashuvlar zonalari kengayishiga olib keladi.
Fakt jihatdan Moskva YeI va NATOni Ukrainadagi maxsus operatsiyaning Ukraina tashqarisiga kengayishi ehtimollaridan ogohlantirgan. Bu texnogolik jihatdan qanday bo‘lishi mumkin?
Rossiya aviatsiyasi 27-iyul kuni yuqori aniqlikdagi zarbalari bilan Ukraina Qurolli Kuchlarining Nikolayevdagi ikki brigadasi dislokatsiya punktlarini yo‘q qildi- 200 ga yaqin ukrain harbiylar halok bo‘ldi. Avvalroq, xuddi shunday zarbalar bilan Odessa viloyatidagi xorijiy yollanma askarlar bazasiga zarba berilgan edi. 600 nafarga yaqin jangarilar yo‘q qilindi. Texnologiya tuzatildi, ish (demilitarizatsiya) tizimli xarakterda.
Rossiyaning X-101 qanotli raketlari tirik kuchlar va dushman jangovar texnikalari joylashgan rayonlarga 5500 km uzoqlikdan zarba berishi mumkin, ya’ni Ukraina Qurolli Kuchlari mutaxassislari uchun o‘quv maydonchalari yoki Kiyev rejimi uchun o‘q-dorilar omborlari – har qanday NATO davlati hududida, shu jumladan, AQSh chegaralarida ham (Atlantika yoki Tinch okeani chegaralarida). Agar harakatlar qarama-qarshiliklarga teng bo‘lsa. Eslatib o‘tish joiz, Germaniya hukumati kecha Ukrainaga Rossiya harbiylarini 50 km gacha masofada yo‘q qilish uchun 100 ta o‘ziyurar zamonaviy Panzerhaubitze 2000 artilleriya o‘rnatmalar yetkazishni ma’qulladi.
Avvalroq Panzerhaubitze 2000 o‘ziyurar artilleriya o‘rnatmalarini Germaniya va Niderlandiya Ukraina Qurolli Kuchlariga 12 va 6 dona partiyalarda yetkazib bergan. Biroq, 100 o‘ziyurar gaubitsalarni natsist Kiyev rejimiga xayrihoh bo‘lib surbetlarcha jinoyat sifatida qabul qilish mumkin. Berlin juda tavakkal qilyapti. Agar mana shu Rossiyaga qarshi “jinlar bazmi”ga NATO yana bir qancha zamonaviy qiruvchilar qo‘shsa, Uchinchi jahon urushidan faqat mo‘jiza qaytara olishi mumkin.
Amerikaning RAND koporatsiyasi tahlilchilari yap-yangi dokladida Shimoliy Atlantika alyansining Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvlari ehtimoli oshib borayotganini aytib o‘tishdi: “Agar Rossiya NATO Ukrainada Rossiya qo‘shinlariga hujum qilishga tayyorlanayotgan deb hisoblasa... Eng katta xavf shundaki, Rossiya bu holatda bevosita NATO mamlakatlariga zarbalar berishga qaror qilib qolishi mumkin”. Va bundan tashqari: “Rossiya NATOning Ukrainadagi mojaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvi alyansning katta kuchlarini o‘zining sharqiy chegarasida to‘plash deb hisoblashi mumkin... Rossiya NATO davlatlarining asosiy mamlakatlariga hujum qilishdan o‘zi uchun yetkazilgan zararni kamaytirishning o‘zga chorasi yo‘q deb qaror qilishi mumkin”. Tahlilchilar Rossiyaning taktik yadroviy qurolni paysalga solmasdan foydalanishi mumkinlini alohida ta’kidlab o‘tishmoqda.
Aslida, RAND AQSh va NATO ning yuqori martabali amaldorlari va vakillariga “qizil chiziq”dan o‘tmaslik, Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshilikdan tiyilishni maslahat bermoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy amerikaliklarning yordami bilan yaqin uch-olti haftada ukrain yerlarini ozod qilish niyatida. Intriga davom etadi xullas.
Yangiliklar lentasi
0