https://oz.sputniknews.uz/20220729/germaniya-eidagi-etakchiligini-yoqotishi-mumkin--oav-26637816.html
Germaniya YeIdagi yetakchiligini yo‘qotishi mumkin – OAV
Germaniya YeIdagi yetakchiligini yo‘qotishi mumkin – OAV
Sputnik O‘zbekiston
Germaniya uzoq yillar davomida egallab kelgan Yevropadagi yetakchi mavqeyini yo‘qotmoqda. Bu fikrni “Bloomberg” jurnalisti Mariya Tadeo mualliflik ruknida bildirdi.
2022-07-29T14:41+0500
2022-07-29T14:41+0500
2023-04-05T18:38+0500
dunyoda
germaniya
yevropa ittifoqi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/18/24170488_0:0:3077:1731_1920x0_80_0_0_fc1ec66c0e9447d79406aedefbb727d7.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Germaniya uzoq yillar davomida egallab kelgan Yevropadagi yetakchi mavqeyini yo‘qotmoqda. Bu fikrni “Bloomberg” jurnalisti Mariya Tadeo mualliflik ruknida bildirdi.Muallif taxminiga ko‘ra, nemis iqtisodiy modelining asosiy kamchiligi uning Rossiyaga qaramligi edi. Mazkur sharoitda janubiy davlatlar, jumladan, Ispaniya Yevropada yetakchilikni qo‘lga kiritishi mumkin.Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ba’zi davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qili, ko‘plab brendlar Rossiyani tark etdi, Yevropada Rossiya energiya resurslaridan voz kechish chaqiriqlari kuchaydi. Ammo bularning barchasi allaqachon G‘arbning o‘zi uchun muammoga aylanib, inflyatsiya va oziq-ovqat hamda benzin narxining keskin oshishiga olib keldi.Bundan tashqari, Yevropa yangi isitish mavsumi arafasida gaz tanqisligini boshdan kechirmoqda. "Shimoliy oqim" gaz quvurining texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘xtatilishi fonida, ba’zi davlatlar nasoslar umuman tiklanmasligidan qo‘rqmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/18/24170488_272:0:3003:2048_1920x0_80_0_0_d86616aa9cb19e344267819168257633.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
germaniya yeidagi yetakchiligini yo‘qotishi mumkin – oav
germaniya yeidagi yetakchiligini yo‘qotishi mumkin – oav
Germaniya YeIdagi yetakchiligini yo‘qotishi mumkin – OAV
14:41 29.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Germaniya Rossiya uglevodorodlariga qaramligi sabab Yevropadagi yetakchi mavqeyini yo‘qotmoqda, deydi jurnalist Mariya Tadeo.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Germaniya uzoq yillar davomida egallab kelgan Yevropadagi yetakchi mavqeyini yo‘qotmoqda. Bu fikrni “Bloomberg” jurnalisti Mariya Tadeo mualliflik ruknida
bildirdi. Unga ko‘ra, bunday holat Rossiyaga qarshi sanksiyalar kampaniyasi natijasida yuzaga kelgan energetika inqirozi va Germaniyaning Rossiya uglevodorodlariga qaramligi sabab yuzaga kelgan.
Muallif taxminiga ko‘ra, nemis iqtisodiy modelining asosiy kamchiligi uning Rossiyaga qaramligi edi. Mazkur sharoitda janubiy davlatlar, jumladan, Ispaniya Yevropada yetakchilikni qo‘lga kiritishi mumkin.
“Berlin zarba bilan kurashayotgan bir paytda, Yevropaning janubi yanada ishonchli bo‘lib bormoqda”, deb yozadi Tadeo.
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ba’zi davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qili, ko‘plab brendlar Rossiyani tark etdi, Yevropada Rossiya energiya resurslaridan voz kechish chaqiriqlari kuchaydi. Ammo bularning barchasi allaqachon G‘arbning o‘zi uchun muammoga aylanib, inflyatsiya va oziq-ovqat hamda benzin narxining keskin oshishiga olib keldi.
Bundan tashqari, Yevropa yangi isitish mavsumi arafasida gaz tanqisligini boshdan kechirmoqda. "Shimoliy oqim" gaz quvurining texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘xtatilishi fonida, ba’zi davlatlar nasoslar umuman tiklanmasligidan qo‘rqmoqda.