https://oz.sputniknews.uz/20220729/garb-sanktsiyalariga-boshqa-davlatlar-ham-duch-kelishi-mumkin--rossiya-diplomati--26640145.html
G‘arb sanksiyalariga boshqa davlatlar ham duch kelishi mumkin – Rossiya diplomati
G‘arb sanksiyalariga boshqa davlatlar ham duch kelishi mumkin – Rossiya diplomati
Sputnik O‘zbekiston
Georgiy Yegorov: Bizning muxoliflarimiz Rossiya bilan cheklanib qolmasligi aniq. 29.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-29T15:57+0500
2022-07-29T15:57+0500
2022-07-29T15:57+0500
dunyoda
g‘arb
sanksiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/05/23778422_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_dd14e6f996635a50c54902a80cda7882.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Dunyo G‘arbning Rossiyani jilovlash siyosatining cho‘qqisiga guvoh bo‘lmoqda, biroq u Moskva bilan cheklanib qolmaydi, qaror qabul qilishda o‘z mustaqilligini saqlab qolgan boshqa davlatlar ham sanksiyalar va boykotlarga duch kelishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Xitoydagi elchixonasi matbuot kotibi Georgiy Yegorov ta’kidladi. RIA Novosti.Uning qo‘shimcha qilishicha, “bu holatga va bu “falsafa”ga rozi bo‘lmaganlar sanksiyalar va har xil boykotlarga duchor bo‘ladi”.Shuningdek, u “dezinformatsiya texnologiyasi G‘arb siyosatining usuli sifatida AQShning xizmatkori bo‘lishni istamaydigan davlatlarga nisbatan muntazam qo‘llanilayotganini” aytgan. Uning eslatishicha, “G‘arbning asosiy ommaviy axborot vositalari Xitoyni COVID-19 ning sun’iy kelib chiqishida asossiz va qat’iy ayblagan, Pekin Olimpiadasini boykot qilishga chaqirgan, Qozog‘istondagi yanvar voqealari paytida olovga moy qo‘shgan”.Uning aytishicha, bunday misollar cheksiz.“Bunday shiddatli axborot bosimi sharoitida G‘arbning tashviqot mashinalariga qarshi turish maqsadi bilan ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida axborot ishi sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, ommaviy axborot vositalari orqali o‘zaro hamkorlikni rag‘batlantirish, strategik aloqaning umumiy yo‘nalishini rivojlantirish hozirgi bosqichdagi eng muhim vazifalardan”, dedi diplomat.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/05/23778422_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_4bc47f18b34349244cb42cb44e8bd90a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, g‘arb, sanksiyalar
dunyoda, g‘arb, sanksiyalar
G‘arb sanksiyalariga boshqa davlatlar ham duch kelishi mumkin – Rossiya diplomati
Georgiy Yegorov: Bizning muxoliflarimiz Rossiya bilan cheklanib qolmasligi aniq.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Dunyo G‘arbning Rossiyani jilovlash siyosatining cho‘qqisiga guvoh bo‘lmoqda, biroq u Moskva bilan cheklanib qolmaydi, qaror qabul qilishda o‘z mustaqilligini saqlab qolgan boshqa davlatlar ham sanksiyalar va boykotlarga duch kelishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Xitoydagi elchixonasi matbuot kotibi Georgiy Yegorov ta’kidladi.
RIA Novosti.
Hozirda dunyo o‘z tarixidagi eng notinch davrlardan birini boshdan kechirmoqda. Aslida biz G‘arb uzoq vaqtdan buyon pozitsiyalarimizni zaiflashtirish, bir qutbli dunyo parchalanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirayotgan Rossiyani jilovlash siyosatining cho‘qqisiga guvoh bo‘lmoqdamiz, dedi Yegorov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “bu holatga va bu “falsafa”ga rozi bo‘lmaganlar sanksiyalar va har xil boykotlarga duchor bo‘ladi”.
Bizning muxoliflarimiz Rossiya bilan cheklanib qolmasligi aniq. Bizdan keyin navbat qaror qabul qilishda suverenitet va mustaqillikni saqlab qolgan, BMT Xavfsizlik Kengashidan tashqarida qabul qilingan noqonuniy bir tomonlama sanksiyalarga qarshi chiqqan davlatlarga kelishi mumkin, dedi diplomat.
Shuningdek, u “dezinformatsiya texnologiyasi G‘arb siyosatining usuli sifatida AQShning xizmatkori bo‘lishni istamaydigan davlatlarga nisbatan muntazam qo‘llanilayotganini” aytgan. Uning eslatishicha, “G‘arbning asosiy ommaviy axborot vositalari Xitoyni COVID-19 ning sun’iy kelib chiqishida asossiz va qat’iy ayblagan, Pekin Olimpiadasini boykot qilishga chaqirgan, Qozog‘istondagi yanvar voqealari paytida olovga moy qo‘shgan”.
Uning aytishicha, bunday misollar cheksiz.
“Bunday shiddatli axborot bosimi sharoitida G‘arbning tashviqot mashinalariga qarshi turish maqsadi bilan ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida axborot ishi sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, ommaviy axborot vositalari orqali o‘zaro hamkorlikni rag‘batlantirish, strategik aloqaning umumiy yo‘nalishini rivojlantirish hozirgi bosqichdagi eng muhim vazifalardan”, dedi diplomat.