https://oz.sputniknews.uz/20220729/barcha-viloyatlarda--it-akademiyalari-tashkil-etiladi-26645677.html
Barcha viloyatlarda IT akademiyalari tashkil etiladi
Barcha viloyatlarda IT akademiyalari tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev IT sohasi vakillari bilan muloqot qildi. 29.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-29T18:06+0500
2022-07-29T18:06+0500
2022-07-29T18:06+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
axborot texnologiyalari (it)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1d/26645071_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c0c1eb52143f0ea93a7a0bdd84e14812.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Prezident viloyat hokimlariga o‘z hududida kamida 1 tadan IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlash topshirig‘ini berdi.Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda.Qayd etilishicha, "Astrum" akademiyasida yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini egallab, o‘qish davomidayoq daromad topmoqda.Ta’kidlanishicha, xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda o‘quvchi va talabalarning IT ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.Prezident bu dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytdi.Ma’lumot uchun, Jahonda IT sohaning o‘sish sur’atlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trln dollarga yetadi.O‘zbekistonda ushbu sohaga so‘nggi besh yilda 2 mlr dollar, shundan 700 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yo‘naltirildi.Hozirda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan ta’minlandi.Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga o‘sib, 43 mingga yetdi.Joriy yilning o‘zida mamlakatda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi.So‘nggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda O‘zbekiston 15-o‘ringa ko‘tarildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1d/26645071_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9e4f2d8b870dd35788591551d37fc555.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, axborot texnologiyalari (it)
siyosat, shavkat mirziyoyev, axborot texnologiyalari (it)
Barcha viloyatlarda IT akademiyalari tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev IT sohasi vakillari bilan muloqot qildi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Prezident viloyat hokimlariga o‘z hududida kamida 1 tadan IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlash topshirig‘ini
berdi. Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda.
Qayd etilishicha, "Astrum" akademiyasida yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini egallab, o‘qish davomidayoq daromad topmoqda.
“Boshqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar tashkil qilish istagida bo‘lganlarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, barcha masalalarini hal qilib beramiz”, deydi prezident.
Ta’kidlanishicha, xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda o‘quvchi va talabalarning IT ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Prezident bu dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytdi.
“Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun, Jahonda IT sohaning o‘sish sur’atlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trln dollarga yetadi.
O‘zbekistonda ushbu sohaga so‘nggi besh yilda 2 mlr dollar, shundan 700 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yo‘naltirildi.
Hozirda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan ta’minlandi.
Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga o‘sib, 43 mingga yetdi.
Joriy yilning o‘zida mamlakatda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi.
So‘nggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda O‘zbekiston 15-o‘ringa ko‘tarildi.