https://oz.sputniknews.uz/20220728/qattiq-qarshilik-boladi-nega-natoni-jonsonga-topshirishmoqchi-26614674.html
"Qattiq qarshilik bo‘ladi": nega NATOni Jonsonga topshirishmoqchi?
"Qattiq qarshilik bo‘ladi": nega NATOni Jonsonga topshirishmoqchi?
Sputnik O‘zbekiston
Boris Jonsonni Britaniya hukumatidan haydab chiqarishga ulgurishmasdanoq, OAVlar unga yangi ish topgandek, ya’ni uni NATO bosh kotibi deb saylashni taklif qilishmoqchi. 28.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-28T21:39+0500
2022-07-28T21:39+0500
2023-04-05T18:38+0500
kolumnistlar
nato
boris jonson
g‘arb
buyuk britaniya
yevropa ittifoqi
turkiya
yens stoltenberg
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1c/26614093_0:0:1042:586_1920x0_80_0_0_a9137d5188271d1aecd466ab9df89f08.jpg
Mixail KatkovKonservativ partiyaga bu g‘oya ma’qul. Ba’zilar Jonsonni “millatga isnod keltirgan” deb biladi, ammo Rossiyaga qarshi asosiy kurashchi roliga u tamomila mos keladi. Britaniyalik g‘aroyib siyosatchining karyera istiqbollari haqida - batafsil RIA Novosti materialida“G‘arb qirg‘iyi”NATOning yangi bosh kotibi 2023-yilda tayinlanishi kerak. The Telegraph fikriga ko‘ra, Rossiyaga qarshi faol pozitsiyasi sababli Boris Jonson bu lavozimga mos keladi. Bundan tashqari, Brexit sobiq vaziri Devid Jonsonning ta’kidlashicha, aynan Boris Shvetsiya va Finlyandiyani alyansga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishga ko‘ndirgan.Konservatorlar partiyasida bu tashabbusni qo‘llab – quvvatlashmoqda. Parlament mudofaa qo‘mitasining tori vakili Richard Draksning so‘zlariga ko‘ra, Jonson - atoqli britaniyalik. Bundan tashqari, u Kiyevning lobbistik salohiyatiga tayanishi mumkin. Bejizga uni Jonsonyuk deb atashmaydi - u ukrainlarga juda yaqin. Prezident ma’muriyati saytida hatto uni Ukraina bosh vaziri etib saylash haqida petitsiya paydo bo‘lgan.Jonson NATO bosh kotibi sifatida Rossiya bilan kurashda yevropaliklardan katta qat’iyat kutayotgan AQSh uchun juda foydali bo‘ladi. G‘arbiy OAV lar bir necha bor ta’kidlashgan, ya’ni Yevroittifoqning ko‘p mamlakatlari yoki Moskva bilan dialogga kirishadi, yoki Rossiya - Ukraina mojarosidan oshkora masofa saqlashmoqda. Jonsonyukning g‘ayratliligi va janjalkashligi ularning o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirish uchun qo‘l kelishi mumkin.Mirror nashrining ta’kidlashicha, Jonsonning mamlakat mudofaa xarajatlarini YaIMning 2 %dan 2,5 %gacha oshirishga va’da bergani ham foydali bo‘ladi. Agar u bosh kotib sifatida buni uddalasa, nafaqat Londonga balki NATOning barcha mamlakatlari uchun manfaatli bo‘ladi.Ichki ixtilofJonson NATOning britaniyalik to‘rtinchi rahbari bo‘lishi mumkin, ammo boshqa nomzodlar ham bor. 2021-yilda OAVlar nomzodlar orasida Germaniya, Xorvatiya, Litva va Estoniyaning sobiq rahbarlari: Angela Merkel, Kolinda- Grabar-Kitarovich, Dalyu Gribauskayte va Kersti Kalyulaydni ko‘rsatib o‘tishgan. Bu yerda G‘arbning gender tenglik bo‘yicha siyosatining o‘rni bor.Ehtimol, sobiq bosh vazir uchun Kanada, Polsha, Ruminiya, Boltiqbo‘yi, Chexiya, Xorvatiya va boshqa rusofob mamlakatlar ovoz berishi mumkin. Biroq, masala hali yechilgani yo‘q. Britaniya armiyasining sobiq rahbari Richard Dannat aytgandek u odam “millatga isnod keltirgan”. Boshqa mamlakatlarda esa u haqida bundanda yomon fikr bildirishadi.Jonsonga Yevroittifoq liderlari qarshi chiqishlari mumkin. Masalan, The Telegraph Yevropa integratsiyasining asosiy tarafdori bo‘lmish Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning YeIdan Londonni chiqarib olgan odamni qo‘llab-quvvatlashga shubha bildirmoqda. Kiyevga katta harbiy yordam berishga tiyilib turgan Germaniya kansleri Olaf Shols ham Jonsonni NATO rahbari kreslosida ko‘rishdan mamnun bo‘lmaydi.Yanada qiyinroq vaziyat Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdog‘an bilan bo‘lishi mumkin. Shvetsiya va Finlyandiyani NATOga qabul qilish jarayonlari hanuzgacha tugagani yo‘q - Anqara konsensusga almashish sifatida Amerikada ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyotlar va kurdlarni topshirishni talab qilmoqda. Turk yetakchisi haqida masxara qiluvchi she’rlar yozgan Jonsonning muzokaralarda paydo bo‘lishi esa vaziyatni umuman osonlashtirmaydi. Qolaversa, Turkiya alyansda armiya soni bo‘yicha ikkinchi yirik mamlakat.NATO nizomiga ko‘ra, Bosh kotib bir ovozdan saylanadi. Amalda bunga norasmiy diplomatik aloqalar orqali erishiladi. Misol uchun, 2009-yilda Anqara Anders Fog Rasmussenga qarshi chiqqan, biroq veto qo‘ymagan.Asosiy dushmanNATOning hozirgi bosh kotibi mana shu yili iste’foga chiqishi kerak edi. Ammo Ukraina mojarosi sabab, alyansda bir muddat kutishga qaror qilishdi. Stoltenbergni qat’iyatsizlikda ayblashmoqda. U nafaqat Rossiya bilan kelishishga chaqirgan, balki Ukraina osmonini yopishni rad etgan. Kiyevda buni ko‘pchilik sotqinlik sifatida qabul qildi.Iyun oyi so‘nggida Madridda NATO mamlakatlari sammiti bo‘lib o‘tdi va unda Moskvani “ittifoqdoshlar xavfsizligi uchun muhim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid” sifatida baholashdi. RIA Novosti bilan suhbat qilgan ekspertlarning aytishicha, shu sababli alyansga amaldagi bosh kotibga qaraganda ancha radikal odam kerak."Jonson Yevropadagi bir guruh mamlakatlarni Ukraina Rossiya ustidan g‘alaba qozongunga qadar- ya’ni 1991-yildagi hududlarini qaytarmaguncha jang qilishni ta’kidlagan", - deydi Yevro-Atlantika hamkorlik assosiatsiyasi prezidenti, Rossiya Fanlar akademiyasi INION direktori o‘rinbosari Tatyana Parxalina.“Bosh kotib alyans a’zolarini nazorat qiladigan va muammolarga o‘z yechimini taklif qiladigan bo‘lishi kerak. Agar 2023-yilning kuz fasliga kelib ham Moskvaga qattiq qarshilik qo‘rsatadigan odamga ehtiyoj bo‘lsa, Jonsonning saylanishiga katta ehtimol bor”, - deydi Parxalina.“Jonsonning janjalkashligi alyansga bayram muhitini olib kiradi, biroq hammani birdek xursand qilmaydi”, - deydi “Rossiya v globalnoy politike” nashri muharriri Fodor Lukyanov. “Jonson Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Uning qat’iyati kimgadir dadillik beradi, yana boshqalarni esa qo‘rqitadi, chunki hamma ham olov ichiga kirishga tayyor emas. Jonsonning saylanishi NATO ning Rossiyaga bo‘lgan munosabati hech o‘zgartirmaydi. Chunki bosh kotib sifatida unga kerakli funksional bo‘lmaydi, biroq blok a’zolarini qutblashtira oladi”, - deya ta’kidlamoqda siyosatshunos.Boshqa tomondan esa NATOning burokrativ apparati Jonsonni o‘z nazoratiga oladi va uning o‘z xarakteri - volyuntarizm, shartlarga murosasizlik va surbetligi - alyansning strategik manfaatlaridan yuqori turishiga yo‘l qo‘ymaydi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1c/26614093_61:0:988:695_1920x0_80_0_0_1b9572c969bc48d25bda9cc9fbb3e078.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, nato, boris jonson, g‘arb, buyuk britaniya, yevropa ittifoqi, turkiya, yens stoltenberg, rossiya
kolumnistlar, nato, boris jonson, g‘arb, buyuk britaniya, yevropa ittifoqi, turkiya, yens stoltenberg, rossiya
"Qattiq qarshilik bo‘ladi": nega NATOni Jonsonga topshirishmoqchi?
21:39 28.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Boris Jonsonni Britaniya hukumatidan haydab chiqarishga ulgurishmasdanoq, OAVlar unga yangi ish topgandek, ya’ni uni NATO bosh kotibi deb saylashni taklif qilishmoqchi.
Konservativ partiyaga bu g‘oya ma’qul. Ba’zilar Jonsonni “millatga isnod keltirgan” deb biladi, ammo Rossiyaga qarshi asosiy kurashchi roliga u tamomila mos keladi. Britaniyalik g‘aroyib siyosatchining karyera istiqbollari haqida - batafsil RIA Novosti materialida
NATOning yangi bosh kotibi 2023-yilda tayinlanishi kerak. The Telegraph fikriga ko‘ra, Rossiyaga qarshi faol pozitsiyasi sababli Boris Jonson bu lavozimga mos keladi. Bundan tashqari, Brexit sobiq vaziri Devid Jonsonning ta’kidlashicha, aynan Boris Shvetsiya va Finlyandiyani alyansga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishga ko‘ndirgan.
Konservatorlar partiyasida bu tashabbusni qo‘llab – quvvatlashmoqda. Parlament mudofaa qo‘mitasining tori vakili Richard Draksning so‘zlariga ko‘ra, Jonson - atoqli britaniyalik. Bundan tashqari, u Kiyevning lobbistik salohiyatiga tayanishi mumkin. Bejizga uni Jonsonyuk deb atashmaydi - u ukrainlarga juda yaqin. Prezident ma’muriyati saytida hatto uni Ukraina bosh vaziri etib saylash haqida petitsiya paydo bo‘lgan.
Jonson NATO bosh kotibi sifatida Rossiya bilan kurashda yevropaliklardan katta qat’iyat kutayotgan AQSh uchun juda foydali bo‘ladi. G‘arbiy OAV lar bir necha bor ta’kidlashgan, ya’ni Yevroittifoqning ko‘p mamlakatlari yoki Moskva bilan dialogga kirishadi, yoki Rossiya - Ukraina mojarosidan oshkora masofa saqlashmoqda. Jonsonyukning g‘ayratliligi va janjalkashligi ularning o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirish uchun qo‘l kelishi mumkin.
Mirror nashrining ta’kidlashicha, Jonsonning mamlakat mudofaa xarajatlarini YaIMning 2 %dan 2,5 %gacha oshirishga va’da bergani ham foydali bo‘ladi. Agar u bosh kotib sifatida buni uddalasa, nafaqat Londonga balki NATOning barcha mamlakatlari uchun manfaatli bo‘ladi.
Jonson NATOning britaniyalik to‘rtinchi rahbari bo‘lishi mumkin, ammo boshqa nomzodlar ham bor. 2021-yilda OAVlar nomzodlar orasida Germaniya, Xorvatiya, Litva va Estoniyaning sobiq rahbarlari: Angela Merkel, Kolinda- Grabar-Kitarovich, Dalyu Gribauskayte va Kersti Kalyulaydni ko‘rsatib o‘tishgan. Bu yerda G‘arbning gender tenglik bo‘yicha siyosatining o‘rni bor.
Ehtimol, sobiq bosh vazir uchun Kanada, Polsha, Ruminiya, Boltiqbo‘yi, Chexiya, Xorvatiya va boshqa rusofob mamlakatlar ovoz berishi mumkin. Biroq, masala hali yechilgani yo‘q. Britaniya armiyasining sobiq rahbari Richard Dannat aytgandek u odam “millatga isnod keltirgan”. Boshqa mamlakatlarda esa u haqida bundanda yomon fikr bildirishadi.
Jonsonga Yevroittifoq liderlari qarshi chiqishlari mumkin. Masalan, The Telegraph Yevropa integratsiyasining asosiy tarafdori bo‘lmish Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning YeIdan Londonni chiqarib olgan odamni qo‘llab-quvvatlashga shubha bildirmoqda. Kiyevga katta harbiy yordam berishga tiyilib turgan Germaniya kansleri Olaf Shols ham Jonsonni NATO rahbari kreslosida ko‘rishdan mamnun bo‘lmaydi.
Yanada qiyinroq vaziyat Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdog‘an bilan bo‘lishi mumkin. Shvetsiya va Finlyandiyani NATOga qabul qilish jarayonlari hanuzgacha tugagani yo‘q - Anqara konsensusga almashish sifatida Amerikada ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyotlar va kurdlarni topshirishni talab qilmoqda. Turk yetakchisi haqida masxara qiluvchi she’rlar yozgan Jonsonning muzokaralarda paydo bo‘lishi esa vaziyatni umuman osonlashtirmaydi. Qolaversa, Turkiya alyansda armiya soni bo‘yicha ikkinchi yirik mamlakat.
NATO nizomiga ko‘ra, Bosh kotib bir ovozdan saylanadi. Amalda bunga norasmiy diplomatik aloqalar orqali erishiladi. Misol uchun, 2009-yilda Anqara Anders Fog Rasmussenga qarshi chiqqan, biroq veto qo‘ymagan.
NATOning hozirgi bosh kotibi mana shu yili iste’foga chiqishi kerak edi. Ammo Ukraina mojarosi sabab, alyansda bir muddat kutishga qaror qilishdi. Stoltenbergni qat’iyatsizlikda ayblashmoqda. U nafaqat Rossiya bilan kelishishga chaqirgan, balki Ukraina osmonini yopishni rad etgan. Kiyevda buni ko‘pchilik sotqinlik sifatida qabul qildi.
Iyun oyi so‘nggida Madridda NATO mamlakatlari sammiti bo‘lib o‘tdi va unda Moskvani “ittifoqdoshlar xavfsizligi uchun muhim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid” sifatida baholashdi. RIA Novosti bilan suhbat qilgan ekspertlarning aytishicha, shu sababli alyansga amaldagi bosh kotibga qaraganda ancha radikal odam kerak.
"Jonson Yevropadagi bir guruh mamlakatlarni Ukraina Rossiya ustidan g‘alaba qozongunga qadar- ya’ni 1991-yildagi hududlarini qaytarmaguncha jang qilishni ta’kidlagan", - deydi Yevro-Atlantika hamkorlik assosiatsiyasi prezidenti, Rossiya Fanlar akademiyasi INION direktori o‘rinbosari Tatyana Parxalina.
“Bosh kotib alyans a’zolarini nazorat qiladigan va muammolarga o‘z yechimini taklif qiladigan bo‘lishi kerak. Agar 2023-yilning kuz fasliga kelib ham Moskvaga qattiq qarshilik qo‘rsatadigan odamga ehtiyoj bo‘lsa, Jonsonning saylanishiga katta ehtimol bor”, - deydi Parxalina.
“Jonsonning janjalkashligi alyansga bayram muhitini olib kiradi, biroq hammani birdek xursand qilmaydi”, - deydi “Rossiya v globalnoy politike” nashri muharriri Fodor Lukyanov. “Jonson Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Uning qat’iyati kimgadir dadillik beradi, yana boshqalarni esa qo‘rqitadi, chunki hamma ham olov ichiga kirishga tayyor emas. Jonsonning saylanishi NATO ning Rossiyaga bo‘lgan munosabati hech o‘zgartirmaydi. Chunki bosh kotib sifatida unga kerakli funksional bo‘lmaydi, biroq blok a’zolarini qutblashtira oladi”, - deya ta’kidlamoqda siyosatshunos.
Boshqa tomondan esa NATOning burokrativ apparati Jonsonni o‘z nazoratiga oladi va uning o‘z xarakteri - volyuntarizm, shartlarga murosasizlik va surbetligi - alyansning strategik manfaatlaridan yuqori turishiga yo‘l qo‘ymaydi.