Poytaxtda havo +39 darajagacha isiydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovParen s devushkoy u fontana vozle GABTA
Paren s devushkoy u fontana vozle GABTA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Bugun Toshkentda havo +37-39 darajagacha isiydi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati +34-39 daraja, janubda ba’zi joylarda +42 darajagacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +25-30 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0