O‘zbekistonlik atlet jahon chempioni bo‘ldi

© United World Wrestlingyunon-rum kurashi
yunon-rum kurashi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
Rimda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik atlet Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 25−31 iyul kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida o‘tkazilayotgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik atlet Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytjan Xalmaxonov 51 kg vazngacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etib, finalda eronlik Muhammadrizo Golamini mag‘lub etdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
“Mahoratli yunon-rum kurashchimiz chempionlik uchun kechgan bahsda eronlik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi!”, - deyiladi xabarda.
© United World Wrestlingyunon-rum kurashi
yunon-rum kurashi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
yunon-rum kurashi
Shuningdek, 45 kilogramm vaznda kurashgan Shahzod Ro‘zioxunov ukrainalik Evgen Pokovbaga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlangan.
Bundan tashqari, Xurshidbek Normuhammadov 55 kg vazngacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi kurashda yaponiyalik Kohaku Kanazavani 5-4, Behruz Barnoyev 65 kg vazngacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi kurashda ozarbayjonlik Ali Alizodani 9-3 hisobida engib, jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘lgan.
“Yunon-rum kurashchilarimiz jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan yakunladi”, deyiladi “Yangi O‘zbekiston” gazetasi xabarida.
Yangiliklar lentasi
0