Investitsiya shartnomalarini ekspertizadan o‘tkazish narxlari tasdiqlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOfis CAS v Pxenchxane
Ofis CAS v Pxenchxane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
Ekspertizalar 100 foizlik oldindan haq to‘lash sharti bilan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiya shartnomalari va davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, investitsiyaga oid shartnomalar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lovlar xarid predmeti narxining QQSni inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, BHMning 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi.
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun to‘lovlar QQSni hisobga olmagan holda loyiha umumiy summasining 0,03 foizi miqdorida, biroq ekvivalenti 4 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan va 50 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi.
Loyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun belgilangan summaning 50 foizi miqdorida haq undiriladi.
Ekspertizalar 100 foizlik oldindan haq to‘lash sharti bilan o‘tkaziladi.
Qaror bilan quyidagilarni tartibga soluvchi nizomlar tasdiqlandi:
investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash;
davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish;
shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi;
loyihalarning texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy
hisob-kitobini, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi.
Toshkentda ShHT doirasida sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturi tasdiqlanadi
Yangiliklar lentasi
0