https://oz.sputniknews.uz/20220728/eng-kop-avtoraqamni-qaysi-hudud-haydovchilari-sotib-olgan--26616421.html
Eng ko‘p avtoraqamni qaysi hudud haydovchilari sotib olgan
Eng ko‘p avtoraqamni qaysi hudud haydovchilari sotib olgan
Sputnik O‘zbekiston
Eng ko‘p avtoraqamlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi haydovchilar xarid qildi. 28.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-28T17:02+0500
2022-07-28T17:02+0500
2022-07-28T17:02+0500
yangi avtoraqam
o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi
toshkent
toshkent viloyati
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556784_680:658:2899:1906_1920x0_80_0_0_58f2f9781a830b2aab7a5356a24d94b2.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda eng ko‘p avtoraqamlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyati haydovchilari xarid qildi. Bu haqida O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi xabar berdi.Aytilishicha, 2022-yil 6 oylik yakunlariga ko‘ra avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 174,0 mlrd so‘mlik 77 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksion orqali sotilgan.Qayd etilishicha, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 10% ga, hajmi bo‘yicha – 27% ga o‘sdi.Sotilgan avtoraqamlarning 93% jismoniy shaxslar, 7% - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 29% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22% – ikkinchi, 13% – uchinchi, 9% – to‘rtinchi, 12% – beshinchi va 15% – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.O‘tgan davrda tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,2 mln so‘mni tashkil etdi. Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 545,4 ming so‘m, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 348,0 mln so‘mga teng bo‘ldi.Ma’lumot uchun, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80% –Davlat budjetiga, 20%– IIVning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.Eslatib o‘tamiz, may oyida O‘zbekistonda eng qimmat avtomobil raqami — 50 777 ZZZ kim oshdi savdosida 669 600 000 so‘mga sotilgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556784_677:391:2886:2048_1920x0_80_0_0_57b29b373519456a16d40af300d02aab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi avtoraqam, o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi, toshkent, toshkent viloyati, iqtisod
yangi avtoraqam, o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi, toshkent, toshkent viloyati, iqtisod
Eng ko‘p avtoraqamni qaysi hudud haydovchilari sotib olgan
Eng ko‘p avtoraqamlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi haydovchilar xarid qildi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda eng ko‘p avtoraqamlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyati haydovchilari xarid qildi. Bu haqida O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi xabar
berdi. Aytilishicha, 2022-yil 6 oylik yakunlariga ko‘ra avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 174,0 mlrd so‘mlik 77 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksion orqali sotilgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (45%), Samarqand (8%), Buxoro, Farg‘ona va Qashqadaryo (6% dan) viloyatlarida xarid qilingan.
Qayd etilishicha, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 10% ga, hajmi bo‘yicha – 27% ga o‘sdi.
Sotilgan avtoraqamlarning 93% jismoniy shaxslar, 7% - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 29% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22% – ikkinchi, 13% – uchinchi, 9% – to‘rtinchi, 12% – beshinchi va 15% – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.
O‘tgan davrda tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,2 mln so‘mni tashkil etdi. Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 545,4 ming so‘m, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 348,0 mln so‘mga teng bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80% –Davlat budjetiga, 20%– IIVning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida O‘zbekistonda eng qimmat avtomobil raqami — 50 777 ZZZ kim oshdi savdosida 669 600 000 so‘mga
sotilgandi.