https://oz.sputniknews.uz/20220727/ommaviy-sport-musobaqalari-goliblarining-mahallalariga-sport-maydonchalari-qurib-berilmoqda-26577747.html
Ommaviy sport musobaqalari g‘oliblarining mahallalariga sport maydonchalari qurib berilmoqda
Ommaviy sport musobaqalari g‘oliblarining mahallalariga sport maydonchalari qurib berilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Hozirda, g‘olib ishtirokchilarning mahallalariga 3 turdagi sport maydonchalarini qurish ishlari jadal olib borilmoqda. 27.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-27T17:13+0500
2022-07-27T17:13+0500
2023-04-05T15:49+0500
sport
sportni rivojlantirish vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/933/29/9332929_0:37:1200:712_1920x0_80_0_0_9bb4949a59b530b44812665979d26380.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tkazilgan ommaviy sport musobaqalari g‘oliblarining mahallalariga sport maydonchalarini qurib berish boshlandi.Aytilishicha, respublika bo‘ylab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari o‘tkazildi. Ularga umumiy hisobda 3 mln 100 ming nafardan ziyod yoshlar jalb qilindi.Jami 9 ta sport turini o‘z ichiga qamrab olgan mazkur musobaqaning birinchi bosqichi 27-iyunda o‘z yakuniga yetdi.Mahallalarda tashkil etiladigan sport maydonchalari “Universal”, “Workout” va “Streetball” toifalarida quriladi.Sport maydonchalarini hududlarga taqsimlash, musobaqalarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar egallagan o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.Ommaviy sport musobaqalaring ikkinchi fasli sentabr-noyabr oylarida o‘tkaziladi. Musobaqa yakunida yana 279ta mahallada sport maydonlarini qurish kutilmoqda.Qolaversa, mamlakatdagi barcha 208ta tumanga ham bittadan “Workout” maydonchasi qurib berilish rejalashtirilgan.“Workout” sport maydonchasiUning tarkibidan “Brus krestik”, “Turnik va press”, “Yurish trenajeri”, “Press uchun o‘rindiq” kabi maxsus anjomlar mavjud. Ular mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi va yoshlar uchun doimiy badantarbiya va sog‘lomlashtirish mashqlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi.“Streetball” sport maydonchasiSport maydonida voleybol va basketbol sporti bilan shug‘ullanish uchun ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan.“Universal” sport maydonchasiBu maydonchada mini-futbol va basketbol sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyati mavjud.Eslatib o‘tamiz, prezidentning 201-sonli qarorida har yili 30-iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni hamda dekabrda o‘tkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida 5 bosqichli sport musobaqalari o‘tkazilishi belgilangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/933/29/9332929_102:0:1099:748_1920x0_80_0_0_9bcb5a0e01172dabd5c052932d3cd9cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, sportni rivojlantirish vazirligi
sport, sportni rivojlantirish vazirligi
Ommaviy sport musobaqalari g‘oliblarining mahallalariga sport maydonchalari qurib berilmoqda
17:13 27.07.2022 (yangilandi: 15:49 05.04.2023) Hozirda, g‘olib ishtirokchilarning mahallalariga 3 turdagi sport maydonchalarini qurish ishlari jadal olib borilmoqda.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tkazilgan ommaviy sport musobaqalari g‘oliblarining mahallalariga sport maydonchalarini qurib berish
boshlandi. Aytilishicha, respublika bo‘ylab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari o‘tkazildi. Ularga umumiy hisobda 3 mln 100 ming nafardan ziyod yoshlar jalb qilindi.
Jami 9 ta sport turini o‘z ichiga qamrab olgan mazkur musobaqaning birinchi bosqichi 27-iyunda o‘z yakuniga yetdi.
Hozirda, g‘olib ishtirokchilarning mahallalariga 3 turdagi sport maydonchalarini qurish ishlari jadal olib borilmoqda.
Mahallalarda tashkil etiladigan sport maydonchalari “Universal”, “Workout” va “Streetball” toifalarida quriladi.
Sport maydonchalarini hududlarga taqsimlash, musobaqalarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar egallagan o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ommaviy sport musobaqalaring ikkinchi fasli sentabr-noyabr oylarida o‘tkaziladi. Musobaqa yakunida yana 279ta mahallada sport maydonlarini qurish kutilmoqda.
Qolaversa, mamlakatdagi barcha 208ta tumanga ham bittadan “Workout” maydonchasi qurib berilish rejalashtirilgan.
“Workout” sport maydonchasi
Uning tarkibidan “Brus krestik”, “Turnik va press”, “Yurish trenajeri”, “Press uchun o‘rindiq” kabi maxsus anjomlar mavjud. Ular mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi va yoshlar uchun doimiy badantarbiya va sog‘lomlashtirish mashqlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi.
“Streetball” sport maydonchasi
Sport maydonida voleybol va basketbol sporti bilan shug‘ullanish uchun ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan.
“Universal” sport maydonchasi
Bu maydonchada mini-futbol va basketbol sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 201-sonli qarorida har yili 30-iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni hamda dekabrda o‘tkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida 5 bosqichli sport musobaqalari o‘tkazilishi
belgilangan.