“Kim ko‘proq mehnat qilsa g‘alabaga erishadi” – O‘zbekiston chempioni Mansurov
15:15 27.07.2022 (yangilandi: 15:49 05.04.2023)
© Iz lichnogo arxiva Amirxona MansurovaAmirxon Mansurov
© Iz lichnogo arxiva Amirxona Mansurova
Obuna bo‘lish
Sport mamlakatni, kino esa millatni dunyoga tanitadi. Oxirgi yillar O‘zbekistonda sportning rivojlanishi va xalqaro maydonga chiqishi sezilarli darajada o‘sdi. Ayniqsa, mamlakatda jahon sport turlari ham rivojlanib borapti.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Amirxon Mansurov professional sportchi, krossfit bo‘yicha mamlakat chempioni. O‘zbekistondagi yangi sport turi va g‘alabalari haqida Sputnik muxbiriga so‘zlab berdi.
© Iz lichnogo arxiva Amirxona MansurovaAmirxon Mansurov
Amirxon Mansurov
© Iz lichnogo arxiva Amirxona Mansurova
“Men Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilganman. 2012-yil Olimpiya zaxiralari kollejini, 2017-yili O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini a’lo baholarga tugatganman. Oldin boks bilan shug‘ullanardim, 2018-yildan buyon krossfit (CrossFit) sport turini tanladim. Bu zamonaviy sport turi bo‘lib, O‘zbekistonga endi kirib kelmoqda. Bu sport bilan 7 yoshdan 70 yoshgacha barcha shug‘ullanishi mumkin”, dedi Mansurov.
Krossfitda ko‘proq shug‘ullanuvchidan chidamlilik, tezlik va egiluvchanlik talab etiladi. Ortiqcha muskul chiqarish shart emas, krossfitdagi mashg‘ulotlarning muntazam bajarilishi tanani ideal darajada normallashtiradi, baquvvat va ko‘rkam qiladi.
© Iz lichnogo arxiva Amirxona MansurovaAmirxon Mansurov
Amirxon Mansurov
© Iz lichnogo arxiva Amirxona Mansurova
“Meni murabbiyim O‘zbekiston chempioni, xalqaro musobaqalar g‘olibi Gavhar Mirzayeva. U ayol kishi bo‘lsa ham nihoyatda talabchan va o‘ziga yarasha qattiqqo‘l. Jamoadagi barcha sportchilarni doim qo‘llab-quvvatlaydilar” , dedi sportchi.
May oyida Amirsoyda o‘tkazilgan “Befitrace” turnirida jamoaviy ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Hozirda sportchi jamoa bilan noyabr oyida Dubayda o‘tkaziladigan “Gov Games-2022” jahon chempionatiga hamda Abu Dabida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
© Iz lichnogo arxiva Amirxona MansurovaAmirxon Mansurov
Amirxon Mansurov
© Iz lichnogo arxiva Amirxona Mansurova
Amirxon Mansurov sport bilan shug‘ullanishda insonning psixologiyasidagi holatning muhimligi haqida so‘zladi.
“Sport bilan shug‘ullanishda insonning psixologik diqqati, tetikligi juda muhim. Agar inson psixologik tetik va xotirjam bo‘lmasa, diqqatini jamlay olmasa, mashg‘ulotlarda xato qilaveradi, ularni to‘liq o‘zlashtirolmaydi. Topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishida ham tetiklikning o‘rni muhim sanaladi”, dedi Amirxon.
Sportchida kinoda rol o‘ynash istagi bor, hatto takliflar ham bo‘lgan, biroq o‘zidagi tortinchoqlik xarakteri borligi tufayli bu takliflarni rad etgan.
Amirxon rossiyalik krossfitchi Roman Xrennikovni doim kuzatadi, uning mashg‘ulotlari va faolligi maqtovga loyiq. Yana Xabib Nurmagomedov va Israfil Maxashevga kumirlik qiladi. O‘zbek sportchilaridan Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimovga muxlislik qiladi.
“Hozirgi kunda sport rivojlanyapti, yoshlar juda kuchli, har bir viloyatdan kuchli sportsmenlar chiqapti. Hammasi mehnat qilyapti, aslida muvaffaqiyatning siri ham ana shunda. Kim ko‘proq mehnat qilsa va mashaqqatlardan qo‘rqmay o‘tsa, g‘alabaga erishadi”, dedi Mansurov.
Krossfit sporti bilan istagan odam shug‘ullanishi mumkin, faqat mashqlarni to‘g‘ri bajarib, tajribali murabbiy bilan ishlagan ma’qul. Chunki biron bir mashqlar noto‘g‘ri bajarilsa, organizmga og‘irlik tushishi va sog‘likka zarar yetishi mumkin. Sportda sog‘lik oliy o‘rinda turadi.