FVV xodimi Namanganda cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi

© FVVFVV xodimi Namanganda cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi
FVV xodimi Namanganda cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna bo‘lish
Xodimlar suvda oqib ketayotgan 8 yoshli bolakayni vaqtida ko‘rib qolishdi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. FVV xodimi Namanganda suvda oqib ketayotgan bolakayni qutqarib qoldi.
Hodisa viloyatning Pop tumanida tuman FV bo‘limi xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirish vaqtida sodir bo‘lgan.
Aytilishicha, xodimlar "Chig‘anoq" mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi "Sirdaryo" darosida 8 yoshli bola suvda oqib ketayotganligini ko‘rib qolishgan.
Darxol qutqaruvchi Olimjon Tulanboyev suvga sho‘ng‘ib bolakayni qutqarib, olib chiqqan.
“Hozirda bolakayning xolati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan”, deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini cho‘milish qoidalariga qat’iy rioya etish va kanal va tezoqar daryo o‘zanlari hamda ta’qiqlangan suv xavzalarida cho‘milmaslikka chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV qutqaruvchilar Sirdaryoda cho‘kayotgan bolani qutqarib qolishgandi. Unda Yangiyer shahar "Janubiy Mirzacho‘l" kanaliga 13 yoshli bola o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.
Yangiliklar lentasi
0