https://oz.sputniknews.uz/20220727/bazi-tadbirkorlar-soliq-tolashda-qator-imtiyozlarga-ega-bolishdi-26579623.html
Ba’zi tadbirkorlar soliq to‘lashda qator imtiyozlarga ega bo‘lishdi
Ba’zi tadbirkorlar soliq to‘lashda qator imtiyozlarga ega bo‘lishdi
Sputnik O‘zbekiston
Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvargacha barcha soliqlardan ozod qilinadi. 27.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-27T17:59+0500
2022-07-27T17:59+0500
2022-07-27T17:59+0500
iqtisod
soliq
imtiyoz
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801433_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_98b31f187079bc46243dd689355cc264.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. 26-iyul kuni qabul qilingan qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra biznes uchun quyidagi imtiyozlar belgilandi:- Chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, ko‘ngilochar joylarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar – 2022-yil 1-apreldan 2025-yildan 1-yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi;Tadbirkorlar 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha maydoni 5 ming kv/m dan ko‘p savdo komplekslari va mehmonxonalar, ular egallagan yerlar bo‘yicha quyidagilarga haqli:Charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.Ayrim shaxslarga soliq to‘lashda imtiyozlar berildi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18801433_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_86b2e49b8c09fe6aa718b0f99e2f05c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, soliq, imtiyoz, tadbirkor
iqtisod, soliq, imtiyoz, tadbirkor
Ba’zi tadbirkorlar soliq to‘lashda qator imtiyozlarga ega bo‘lishdi
Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvargacha barcha soliqlardan ozod qilinadi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. 26 iyul kuni qabul qilingan qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritildi. Unga ko‘ra biznes uchun quyidagi imtiyozlar belgilandi:
- Chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, ko‘ngilochar joylarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar – 2022-yil 1-apreldan 2025-yildan 1-yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi;
Tadbirkorlar 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha maydoni 5 ming kv/m dan ko‘p savdo komplekslari va mehmonxonalar, ular egallagan yerlar bo‘yicha quyidagilarga haqli:
mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha stavkalarga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga;
foyda solig‘ini hisoblashda 2-yillik mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritishga.
Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvargacha barcha soliqlardan (QQS va ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilinadi.
Charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.