Ukraina g‘allasi bo‘lmasa xalqaro ochlik: haqiqat yoki propagandami?

© Sputnik / Vitaliy TimkivZerno pshenisi, arxivnoe foto
Zerno pshenisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Oziq-ovqat inqirozi fonida Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT Ukraina donini chetga chiqarish bo‘yicha kelishib oldi. Savol: Ukrainada o‘zi g‘alla bormi?
O‘tgan juma, 22-iyul kuni Rossiya, Turkiya va BMT Ukraina g‘allasini chetga chiqarish bo‘yicha kelishuv imzoladi. “G‘alla bo‘yicha kelishuv” kelgusi haftalarda mahsulotlarning Ukraina nazoratidagi Odessa, Chernomorsk, va Yujniydagi uchta portdan kelishilgan xavfsiz yo‘laklar bo‘ylab chiqarilishini nazarda tutadi.
G‘arb uzoq vaqt jahon hamjamiyatini Kiyevning oziq-ovqat ta’minotida tutgan ahamiyati va Rossiya “Ukraina g‘allasini to‘sib qo‘ysa” butun dunyo aholisining muhim qismini och qoldirishini isbotlashga harakat qildi.
Ukrainada chindan ham g‘alla zahirasi bormi yoki bu Rossiyani chetlatish maqsadida faktlarni yolg‘on ko‘rsatishga navbatdagi urinishmi? Sputnik bu savolga javob qidirib ko‘rdi.

“Rossiya dunyoni och qoldirmoqchi”

So‘nggi paytlarda asosiy va eng dolzarb mavzulardan biri oziq-ovqat inqirozi bo‘lib qolmoqda. Go‘yoki Ukrainadagi harakatlari bilan Rossiya butun dunyo aholisining katta qismini och qoldirmoqchi degandek.
Bunday ayblovlarni qo‘yishga hech kim istihola qilib turgani yo‘q- g‘arblik diplomatlar ham, g‘arbiy OAV ham (Ukraina OAVlarini qayd etish ortiqcha). “Rossiya oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanyapti va butun dunyoga ochlik bilan tahdid qilyapti. Maqsadi sanksiyalarning bekor qilinishga erishish”- bunday tezislarni deyarli barcha aytdi.
G‘arbning fikri bo‘yicha, buni Rossiya qanday amalga oshirapti? Kemalarning Qora dengiz portlaridan chiqib ketishiga to‘sqinlik qilib ukrain doni eskportini bloklayapti, shuningdek, (keyinchalik qayta sotish maqsadida) uni o‘g‘iralayapti, yoqib yuborapti (dushmanga qolmasligi uchun ehtimol), elevatorlarni portlatapti, zahiralarni yo‘q qilyapti va transport infratuzilmasini buzapti.
G‘arbiy OAV va siyosatchilar bir ovozdan jo‘r bo‘lishicha, bularning barchasi dunyo aholisi uchun halokatli oqibatlarga olib keladi, jahon oziq-ovqat xavfsizligi uchun yaxshi bo‘lmagan vaziyatda uni yanada og‘irlashtiradi.
Mantiqlidek eshitiladi, chunki bularning bari Ukraina – dunyodagi eng yirik g‘alla yetkazib beruvchisi degan dalil bilan aytiladi.
G‘arb OAVning vahima ko‘tarayotgan deyarli barcha maqolalarida “Rossiya va Ukraina birgalikda dunyo bozoriga 30% - g‘alla yetkazib berishni ta’minlaydi” qabilida tezislarni ko‘rish mumkin.
Shubhasiz, bu haqiqat. Ammo bunda Rossiyani olib tashlaganda ma’lum bo‘ladiki, garchi Ukraina zahiralarining dunyo bozorida hissassi ko‘p bo‘lsada, hayotiy muhim ehtiyoj hisoblanmaydi.
Ukraina bilan birga tilga olnmasa ham Rossiya ushbu mahsulotning eng yirik eksportchisi hisoblanadi.
Buni shunchaki ochiq manbalarda turgan Birlashgan Millat Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga qarab bilib olish mumkin.
G‘alla ekinlari juda ko‘p, lekin G‘arb mamlakatlarining aksariyati va Ukraina bug‘doy haqida qayg‘u bilan qichqirayotgan ekan, mayli aynan uni misol tariqasida olamiz.
Rossiya dunyodagi uchinchi ishlab chiqaruvchi va yirik eksportchi hisoblanadi (chunki Xitoy va Hindiston ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘lib, butun bug‘doyini ichki bozoriga yo‘naltiradi)
BMT FAO ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda Rossiya Federatsiyasi 37,3 million tonna bug‘doy eksport qilgan - Rossiyaning dunyodagi ulushi 20,4% ni tashkil qiladi. Ukrainaning ulushi bu paytda 10% dan kam (18 million tonna) va eng yirik eksport qiluvchi davlat beshtaligining oxirida turibdi.
Shu sababli, Rossiyaga nisbatan Ukraina ta’minoti haqiqatdan ham muhim ko‘rinadi (birgalikda - dunyo ta’minotining 30%), ammo bu bog‘lovchisiz hajmlar unchalik ta’sirchan ko‘rinmaydi.
Nega OAVlar bu haqida faqat “Rossiya-Ukraina” deb yozishadi? Ehtimol, qo‘rqitish va Ukraina g‘allasini olib chiqish muammolarini iloji boricha kuchliroq ko‘rsatish maqsadida shekilli.
Vaziyatni ular chindan ham nihoyatda qo‘rqinchli tasvirlashadi. Deyarli butun dunyoni boqayotgan Ukraina shunday holatda qolganki, bir qator OAV, siyosatchilar, hatto mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning bahosiga ko‘ra, uning hududida eksport qilinadigan 25 mln don qolib ketgan.
“Ukraina don assosiatsiyasi” (UZA) prezidenti Nikolay Gorbachev Xalqaro don kengashining iyun oyidagi konferensiyasida 30 millionga yaqin don Ukraina nazorati ostidagi hududlarda borligini aytdi.
Rostdan ham shundaymi?

Ukrainada g‘alla bormi?

Ukrainaning nufuzli “APK-Inform” axborot-tahlil agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina 2021-yilda 83,7 million tonna g‘alla yetishtirgan.
O‘tgan qishloq xo‘jaligi yilining birinchi yarmida (01.07.2021dan - 31.12.2021) Ukraina 32,2 million tonna eksport qildi. Maxsus operatsiya boshlanishidan oldin - 2022-yil 1-yanvardan 24.02.22-gacha - yana 11,1 million tonna don xorijga sotilgan.
Jami, eksport qilingan donni hisobga olmaganda, maxsus harbiy operatsiya boshlangan paytda Ukrainada 40,4 million tonna qolishi kerak edi.
Endi ushbu hajmdan ichki foydalanish - Ukrainaning o‘zi qancha iste’mol qilishini olib tashlaymiz.
IGC (International Grains Council) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan mavsumda Ukraina 27,8 million tonna, USDA (AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi) ma’lumotiga ko‘ra esa - 28,5 million tonna iste’mol qilgan. Agar yiliga 28 million tonnagacha ichki iste’molni yaxlitlash va oylik iste’molni taxminan hisoblab chiqsak, Ukrainada har oy 2,3 million tonnaga yaqin don “iste’mol qilinadi”. Jami, o‘tgan yilning iyul oyi boshidan joriy yilning fevral oyi oxirigacha – 18,7 mln.
Ayirganimizda, aniq bo‘ladiki, maxsus operatsiya boshlanishiga qadar Ukrainada 21,7 million tonna don qolishi kerak.
Takrorlab o‘tamizki, janob Zelenskiy joriy yilning iyun oyida Ukrainada eksportga mo‘ljallangan don miqdorini 25 million tonna degan, UZA prezidenti esa 30 million tonna haqida gapirgan edi.
Maxsus operatsiya boshlangandan buyon hamda qishloq xo‘jaligi yili tugagunga qadar to‘rt oy o‘tdi. Harbiy harakatlar fonida iste’mol ikki barobar kamaydi deb hisoblaganda ham (aholining chiqib ketishi, chorva mollari sonining kamayishi va boshqalar tufayli) mart-iyun oylarida Ukraina yana 4,6 million tonna iste’mol qilgan.
Shuningdek, mart-iyun oylarida eksport kamaygan bo‘lsada, u baribir to‘xtamadi. Ukrainaning tegishli idoralarining ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, bu paytga kelib mamlakatdan 3, 05 million tonna don eskport qilingan.
Yana ayiramiz- qishloq xo‘jaligi yili so‘nggiga Ukrainada taxminan 14 mln tonna don qolgan.
Tahlil va farazlarga qurilgan bunday osonlashtirilgan matematika bizni AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘rsatgan hisob-kitoblarga olib keldi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, (ular ham ochiq manbalarda) Ukraina qishloq xo‘jaligi yilini 13,4 million don bilan tamomlagan.
Qiziq, AQSh Prezidenti Jo Bayden joriy yilning iyun oyida Ukrainadan Rossiya tomondan to‘sib qo‘yilgan 20 million tonnaga yaqin donni eskport qilish zarurligi haqida gapirganda qaysi ma’lumotlraga tayangan ekan, axir ular AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlaridan deyarli ikki barobar farq qilib tursa.
Darvoqe, yana bir qiziqarli savol: nega bunday ma’lumotlarni yig‘adigan va buni ochiq manbada ko‘rsatgan AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi jim? Axir ular haqiqatni bilishadi, o‘zlari hisoblashganku.
Yana bir ahamiyatli jihat bu Ukrainada qolgan 13-14 mln tonna hajmlar ham shartli belgilangan. Agar Ukraina korrupsiyadan butunlay ozod bo‘lgan, kulrang sxemalar bo‘yicha katta miqdordagi don eksport qilmaydigan mamlakat bo‘lganda, bunga ishonish mumkin bo‘lardi.
Afsuski, bunday emas, va Ukraina don saqlaydigan omborlardan qiziqarli yangiliklar ham kelib turadi.
Masalan, 2020-yilning iyun oyida Ukrainada davlat rezervining auditi bo‘lib o‘tgan. Natijalarga ko‘ra, zahira 97% ga bo‘shab qolgan. Aniqlanishicha, sichqonlar strategik zahiraning deyarli hammasini – taxminan 2,7 ming don tashiydigan vagondagi g‘allalarni yeb qo‘ygan.
Davlat zahirasida qolgan 3% don esa chirigan va iste’molga yaroqsiz deb topilgan.Ukrainada sichqonlar yaxshi bug‘doyni tanlay bilishadi, shekilli.
Yana ochko‘z kemiruvchilar Ternopol viloyatining davlat zahirasiga kirib, 150 ming don tashuvchi vagondagi donni yeb qo‘ygan.
Aniqlashtirish uchun : don vagonining o‘rtacha yuk ko‘tarish quvvati 72 tonnani tashkil etadi. Ya’ni sichqonlar 200 ming tonnadan ortiq donni iste’mol qilishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu degani bitta kemiruvchi kuniga o‘rtacha 3 gramm don iste’mol qilgan.
Boshqa bir qiziq holat- bunisi yaxshiroq- o‘tgan yilning so‘nggida sodir bo‘lgan. O‘shanda Ukrainada don eksportini qisqartirish ehtimoli haqida gapira boshlashgan edi. Chunki hukumat pul to‘plashga shunchalik mukkasidan ketganki, natijada hamma narsani sotib yuborgan.
Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ukrainalik eskpert Larisa Guk o‘shanda mamlakatda bor-yo‘g‘i 800 ming tonna oziq-ovqat bug‘doyi qolganini, mamlakat oddiy non bilan o‘zini to‘ydira olmasligini aytgan edi (uning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat bug‘doyiga oylik ehtiyoj 500 ming tonnaga yaqin bo‘lgan).
Yaqinda esa, Ukrina telegram kanallari prezident ma’muriyati xavfsizlik xizmatiga barcha omborlarni tekshirishni buyurgani, don faqat qog‘ozlarda qolayotganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, maxsus operatsiya arafasida Davlat zaxirasi chet elga katta miqdorda bug‘doy sotgan (faqat 11—14-fevralda go‘yoki 900 ming tonnaga yaqin jo‘natilgani aytiladi).
Bilvosita ushbu versiyani yaqinda ukrinalik siyosatshunos Vasiliy Vakarov “Vecher Vladimirom Solovyevim” dasturida aytib o‘tgan. Ekspertning ukrain brokerlariga tayanib xabar berishicha, maxsus harbiy operatsiya boshlanguniga qadar mamlakatda hech qanday don qolmagan- hammasi allaqachon chiqarilgan va sotilgan bo‘lgan.
Bular shunchaki bir nechta misollar xolos. Aslida, bunday holatlar juda ko‘p. Shuning uchun Ukrainada bir gramm ham don o‘g‘irlanmagani va qishloq xo‘jaligi yilida 13-14 mln tonna qolganiga ishonish qiyin.
Materialning mana shu qismini tugatar ekanman, bir ritorik savol bilan yuzlanmoqchiman: Ukraina hukumati, G‘arb mamlakatlari va G‘arbga do‘st mamlakatlarining ma’lumotlarida keltirilgan 23-30 mln tonnalar qayerdan kelib qolgan?!
Aftidan, kimdir qayerdadir yolg‘on gapirapti. Va mana shu “kimdir” esa aroq va ukrain milliy ko‘ylaklarini yaxshi ko‘radi shekilli.

Ukraina o‘zini qanday oqlaydi?

Avvalroq Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillarining to‘rt tomonlama muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar masalasi- Ukrainaning Qora dengiz portlaridan don olib o‘tish. Uning natijalariga ko‘ra, o‘tgan jumada kerakli kelishuvlar imzolangan.
Garchi Rossiya don eksportiga hech qanday halal bermagan bo‘lsada, (buni quruqlikda olib o‘tish, ukrainlarning o‘zlari minalar joylashtirgan va bu bilan kemalar o‘tishini to‘sib qo‘ygan portlarni bombalardan tozalashning bir dunyo variantlari taklif qilingan), Moskva Ukrainadagi donni dunyo bozoriga olib chiqish uchun barcha ishlarni qilishga tayyorligini bildirdi.
Savol paydo bo‘ladi: bozorlarga o‘sha keltirilgan 30 mln tonna bug‘doy yetib bormaganini dunyo ko‘rganda nima bo‘ladi?
Va shunda, ehtimol Ukrainaning o‘zini oqlashi boshlanadi, buning uchun esa u bir dunyo sabablar topgan albatta: “Rossiya bizning donimizni tortib oldi va sotib yubordi”, “Rossiya maydonlarimizga o‘t qo‘ydi”, “Rossiya bizning donga to‘lib toshgan elevatorlarimizni bombaladi” va hokazo.
Umuman olganda, Ukrainaga yaqin OAVlarning trendini payqash qiyin emas.
Ukrain nashridan hikoya qiluvchi nisbatan yangi yangiliklardan biri – Sinelkov tumanining (Dnerpropertrovsk viloyati) Rossiya Qurolli tomonidan o‘qqa tutilishi hamda don ortilgan elevatorning yo‘q qilinishi.
Sarlavhalar aynan shunday- elevatorning portlashi haqida. Maktab hovlisiga “tegib ketishlar”, litseylarning “yo‘q qilinishi” aftidan hammaning me’dasiga tekkan, shuning uchun bunday tafsilotni yangilikning so‘nggida bitta gap bilan berishgan xolos. Hozir esa hammani don masalasi qiziqtirmoqda, shuning uchun Ukrainada faqat unga urg‘u berishmoqda.
Agar aniqlashtirilsa, butun ukrain OAV larida aylangan ushbu xabar hech narsaga arzimaydi- xuddiki, yo‘q qilingan elevator 5 tonna don ko‘tara oladigandek. Ukrainada, audit ma’lum qilganidek, sichqonlar bundan 40 barobar ko‘proq don yeyishadi shekilli.
So‘z o‘rnida, Kiyevning o‘zi ham o‘z zahiralarini yo‘q qilib, keyin bunda Rossiyani ayblashdan aslo hijolat chekmaydi.
Masalan, germaniyalik jurnalist Alina Lipp, Mariupol portida bo‘lgan va Ukraina Qurolli Kuchlari tonnalab donni chekinayotganda yo‘q qilganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan.

“Bilasizmi, g‘arbiy OAVlar dunyoga ochlik kelganida Rossiyani ayblashda to‘xtayotgani yo‘q. Mana shu paytda esa Ukraina tomoni don saqlanadigan omborni yoqib yubordi”, - deydi jurnalist xabarlar Federal agentligi bilan bo‘lgan suhbatda.

Agar don Qora dengiz bo‘ylab borsa, Ukrainaning o‘zini oqlashiga G‘arb ishonadimi? Katta ehtimol bilan - ha. Hech bo‘lmaganda - jamoat maydonida.

Yolg‘on – Kiyev siyosatining instrumenti sifatida

Yuqorida keltirganlarimiz aysbergning ko‘rinib turgan uchi xolos. Mayli u hammasidan ko‘p e’tiborni tortsin, ammo aynan mana shunday holatlarni barcha soahalarda uchratish mumkin.
Masalan, bir qator ukrain va g‘arb OAVlari kichik mavzu piariga o‘tishgan- go‘yoki Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari sababli no‘xatga bo‘lgan global talab bu yili 20% ga qisqaradi.
“Ukraina dunyodagi eng yirik no‘xat eksport qiluvchi mamlakat sifatida”- o‘z-o‘zidan ahmoqona latifaning boshlanishiga o‘xshaydi. Ammo bu haqida nufuzli deb hisoblanmish The New York Times nashri o‘ta jiddiylik bilan xabar bermoqda.
Bu xabarlarning “oyoqlari” aftidan “War in Ukraine. Grain & Oilseed Crop Forecast-2022” qiziqarli nomli vebinardan boshlanadi shekilli.
Uning doirasida “UkrAgroKonsalt” don bozori tahlilchisi Marina Marinichning xabar berishicha, Ukraina hududidagi harbiy harakatlar tufayli 2022/2023 yillarda no‘xat ishlab chiqarish 66, 6% ga- 9 mln tonnadan 6 mln tonnagacha qisqaradi.
Bu raqamlar shunchaki havodan olinganini tushuntirish uchun: dunyoda no‘xat ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi- Hindiston- 2020-yilda mamlakatda 11 mln tonna no‘xat yetishtirilgan. Rossiya- yetakchi mamlakatlar safiga kiradi- so‘nggi yillarda xorijga 300 ming tonna no‘xat eksport qiladi.
Yana bir marta Rossiya bilan birga keltirilayotgan Ukraina esa qandaydir sabablarga ko‘ra, ushbu mahsulotning yirik eksportchisi sifatida aytilgan, FAO ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda atigi 39 ming tonna no‘xati eksport qilgan.
9 mln tonna no‘xat ishlab chiqarilganda, mamlakat atigi 39 ming tonna eksport qilgani g‘alati tuyuladi.
Darvoqe, 2021-yilda Ukrainada barcha dukkakli ekinlarni (va bu loviya, mosh, no‘xat, yasmiq va boshqa ko‘plab turlarni o‘z ichiga olgan ekin) ishlab chiqarish umumiy hajmi 700 ming tonnadan bir oz ko‘proq etib belgilandi (shundan deyarli 600 ming tonnasi - no‘xat).
Ammo, aftidan, Rossiya qanday qilib ochlikdan o‘ldirishini butun dunyoga ko‘rsatishga urinayotgan G‘arb OAV lari haqiqatdan ham to‘g‘ri ma’lumot berishdan unchalik manfaatdor emas. Axir, keyin tashviqotning asosi yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Ammo, ochiq yolg‘on - bu uchun ideal yordam.

Oziq-ovqat inqirozi - ochlik tayyorlanish vaqti keldimi?

G‘arb propagandasindan chiqib tushunish kerakki, oziq-ovqat inqirozi va don yetishmasligi – bu maxsus operatsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqibati emas.
COVID-19 pandemiyasi ham butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat ta’minoti zanjirlariga ta’sir ko‘rsatdi va tarqatish kanallari buzildi. Bunda o‘tgan yil davomida keskin o‘sgan yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari ham muhim rol o‘ynadi.
2021-yildagi jazirama to‘lqin, qurg‘oqchilik va kuchli suv toshqinlari Amerika va Yevropadagi asosiy ekinlarni yo‘q qildi.
BMT FAO ma’lumotlariga ko‘ra, oziq-ovqat narxlari 2021-yilda 23,1 foizga o‘sdi, bu so‘nggi o‘n yillikdagi eng tez o‘sish sur’ati.
Joriy yilning fevral oyida - maxsus operatsiya boshlanishidan oldin - BMT FAO oziq-ovqat narxlari yiliga 20% ga oshgani va go‘sht, sut mahsulotlari, don, sariyog‘ va shakar narxi 1961-yildan beri inflyatsiyaga moslashtirilgandan buyon eng yuqori ko‘rsatkichda bo‘lganini ma’lum qildi.
Albatta, Ukrainadagi mojaro ham oziq-ovqat inqirozining rivojlanishiga ta’sir qiladi, ammo bu boshlang‘ich nuqta emas. Va bu inqirozning rivojlanishining sababi, bugungi kunda ko‘pchilik o‘ylaganidek, faqat Rossiyaning aybi emas.
RF ga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar bosimi bu jarayonga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. G‘arb davlatlari rahbarlari bir ovozdan Ukraina bilan sanksiyalar oziq-ovqat sektoriga ta’sir qilmasligini, Rossiyadan eksport qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini blokadasi yo‘qligini bir ovozdan e’lon qilishsin – axir ular hamon ayyorlik qilishmoqda.
Ha, de-yure Rossiyaning oziq-ovqat eksporti sanksiyalarga tushmaydi, ammo moliyaviy cheklovlar va bir qator to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlar de fakto barchasini sanksiyalarga yaqinlashtiradi.
Masalan, Rossiya Federatsiyasidan Yevropa portlariga kemalarni kirishi, Rossiya operatorlari uchun kemalar nizomi va ularni sug‘urtalash bo‘yicha cheklovlar mavjud. Bundan tashqari, to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar mavjud. Rosselxozbank esa (Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik qishloq xo‘jaligi banki) sanksiyalar ostida va SWIFT dan uzilgan. Cheklovlar portfelidagi qishloq xo‘jaligi sektorining ulushi 25% ga yetadigan Sberbankga nisbatan ham kengaytirilmoqda.
Shunday ekan, bizni boshqachasiga ishontirishga qanchalik urinishmasin, G‘arbning o‘zi o‘z sanksiyalari bilan xavfli vaziyatni yuzaga keltirmoqda va sayyoramizda ochlikdan aziyat chekayotganlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘lyapti.
Ehtimol, G‘arbda buni anglab yetishgandir - garchi ular bu haqida bu haqda ochiq gapirishmasa ham (va buni hech qachon aytishmasa ham).
Endi, butun Yevropani ajablantiradigani shundaki, dunyoda oziq-ovqat yetarli emas. Aftidan, yana (gaz va neft bilan bog‘liq vaziyatda bo‘lgani kabi) muqobil manbalar topilmagan, shuning uchun Yevropa Ittifoqi Rossiya oziq-ovqat eksportiga nisbatan sanksiyalarni yumshatadi.
Fikrlashni yaxshi ko‘ruvchilarga alohida eslatib qo‘yishni xohlardik - Rossiya qanday qilib oziq-ovqat inqirozi, narxlar oshishi va dunyoviy ochliqdan dunyoni olib chiqayotgani haqida. BMT FAO har oy oziq-ovqat narxlarining yangi indeksini (IPSF) e’lon qiladi.
Ushbu indeks oziq-ovqat mahsulotlari savatiga xalqaro narxlarning o‘zgarishini aks ettiradi. U beshta tovar guruhi – go‘sht, sut mahsulotlari, don mahsulotlari, o‘simlik yog‘i va shakar bo‘yicha narxlar indekslarining o‘rtacha qiymatlari asosida shakllantiriladi.
Xususan, joriy yilning iyun oyida IPSF may oyiga nisbatan 2,3 foizga kam. Bu pasayish ketma-ket uchinchi oyda qayd etilmoqda – mart oyidagi rekord ko‘rsatkichdan so‘ng, indeks har oy pasayib bormoqda. Ha, bu hamon ancha yuqori - o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan ancha yuqori (vaziyat shunday taqozo qilmoqda) - biroq uning pasayish tendensiyasi belgilangan.

Xo‘sh, g‘alla bilan vaziyatchi?

Go‘yoki Rossiyaning Ukraina donini bloklashi tufayli yuzaga kelgan inqirozga qaytamiz. Bu yil Ukraina agrar siyosat va oziq-ovqat vazirining birinchi o‘rinbosari Taras Visoskiyning prognozlariga ko‘ra, hosil taxminan 50 million tonnani tashkil qiladi.
Bu yomon emas - Ukraina ko‘p yillar davomida yiliga 35-45 million tonna g‘alla yetishtirgan, o‘tgan mavsum qanday qilib juda muvaffaqiyatli bo‘lgan. Bunday hajmlarni hamon unutishmagan shekilli.
Darvoqe, Rossiyada bu mavsumda mo‘l hosil bo‘lishi kutilmoqda - taxminan 130 million tonna (rekord 2017-yilda qayd etilgan - 135,5 million tonna). Bug‘doy uchun bu yil rekord ko‘rsatkich prognoz qilinmoqda - 87 million tonna yoki undan ko‘p.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi jahon bozorlariga 50 million tonnadan ortiq don yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi (o‘tgan mavsum hosilidan 37 million tonnaga yaqini eksport qilingan).
Demak, Rossiya nazariy jihatdan, jahon bozorida yiqilgan Ukraina g‘allasining katta hajmini o‘rnini bosishga qodir. Bu Ukraina eksportinining cheklanishi kabi juda ko‘p piar qilingan muammoga nuqta qo‘yishimiz mumkinligini anglatadi.
G‘arbga esa oziq-ovqat inqirozining rivojlanishiga aynan nima ta’sir qilishi haqida o‘ylab ko‘rish vaqti keldi.
Yangiliklar lentasi
0