Kabulov: Rossiya AQSh Afg‘onistondan o‘g‘irlagan pullarning qaytarilishi tarafdori

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishZamir Kabulov, arxivnoe foto
Zamir Kabulov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentning Afg‘onistondagi rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, aholisi kuniga bir dollardan kam daromad oladigan mamlakatdan 7 milliard dollarni o‘g‘irlash jinoyatdir.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Rossiya Afg‘onistonga tegishli, biroq AQSh tomonidan o‘g‘irlangan 7 milliard dollarni mamlakatga qaytarishni talab qilgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Rossiya prezidentning Afg‘onistondagi rasmiy vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.

“Bu xalqaro hamjamiyatning daromadi bo‘lishi kerak. Men Afg‘onistonga tegishli muzlatilgan, aslida AQSh tomonidan o‘g‘irlangan 7 milliard dollarni mamlakatga so‘zsiz qaytarishni talab qilgan Muttaqiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Aholisi kuniga bir dollardan kam daromad oladigan mamlakatdan 7 milliard dollarni o‘g‘irlash jinoyatdir”, - dedi u Toshketda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu Jahon bankining Afg‘onistonga ajratilgan 2,5 milliard dollarlik insonparvarlik yordamiga ham tegishli bo‘lib, “ular bu bilan afg‘onlarga muzlatilgan pullarni qisman qaytarib bergandek ikkiyuzlamachilik qilyapti”.
“Bu mutlaqo g‘alati. Janob Potsel, nima uchun siz xalqaro hamjamiyatning fikri sifatida Afg‘oniston Markaziy bankini Vashington tomonidan tayinlangan direktor boshqarishi kerak, degan qarorga keldingiz? Bu xalqaro hamjamiyatning fikri emas, men buni Rossiya Federatsiyasi vakili, Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida aytaman. Biz bunday fikr bildirmaganmiz va uni qo‘llab-quvvatlamaymiz. Biz bu borada yolg‘iz emasmiz”, - deya qo‘shimcha qildi Kabulov.
Shuningdek, u Rossiya Afg‘onistonni 20-yil davomida hozirgi ahvolga olib kelgan AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqalar o‘z xatolarini hamda ular qo‘llab-quvvatlagan korrupsion hukumatni tuzatishga katta hissa qo‘shishi lozimligini ta’kidladi.
“Biz Afg‘oniston hukumati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaror qildik. Rossiya hukumati afg‘on mahsulotlarini mamlakatga eksport qilish uchun bojxona to‘lovlarini nolga tushirdi. Bundan tashqari, Afg‘oniston Savdo vazirligidan afg‘onlar birinchi navbatda manfaatdor bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini oldik. Biz muzokaralarga, Afg‘oniston hukumatining murojaati va so‘rovlarini to‘liq qondirishga tayyormiz. Bu donga ham, turli neft mahsulotlariga ham tegishli. Biz mintaqaviy sheriklarimiz bilan hamkorlikni davom ettiramiz, xoh u Moskva formati, xoh ShHT doirasida bo‘lsin”, - deya xulosa qildi Kabulov.
Avvalroq Amirxon Muttaqiy Toshkentdagi konferensiyada AQShni hech qanday shartlarsiz mamlakatning muzlatilgan pullarni qaytarishga chaqirgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Afg‘onistonning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash muhim ekanligini qayd etgan.
Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Afg‘oniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli tadbirda 20 dan ortiq davlatning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari, o‘nlab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0