“Ijodkorning ruhiy olami uning asarlarida aks etadi” – yosh rassom

© Arxiv Akademii xudojestv UzbekistanaTursunmurod Musirmonov, mama Gavxar Boykulova i Akmal Nuriddinov predsedatel Akademii xudojestv Uzbekistana, Narodniy xudojnik Uzbekistana
Tursunmurod Musirmonov, mama Gavxar Boykulova i Akmal Nuriddinov predsedatel Akademii xudojestv Uzbekistana, Narodniy xudojnik Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Yangi O‘zbekistonni faol yoshlar, ilg‘or g‘oyalar va yetuk maqsadlar bilan qurish – kundalik mezonimizga aylanib bormoqda. Prezident tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti ham turli yo‘nalishlarda faol bo‘lgan, iqtidorli va ilmli yigitlarga topshiriladi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Bu yilgi sovrindorlar safidan o‘rin olgan yosh rassom Tursunmurod Musirmonov Sputnik muxbiriga o‘z taassurotlarini so‘zlab berdi.
“Men 1998-yil 20-fevral kuni Guliston shahrida tavallud topganman. Bolaligimdan rasm chizishga, rang bo‘yoqlarga va tabiatshunoslikka qiziqardim. Bu qiziqishlarim meni institutga yetaklab keldi. Hozirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining magistratura bo‘limi “Dastgohli rangtasvir” mutaxassisligi 1 kursiga imtiyozli ravishda qabul qilindim”, - deydi Musirmonov.
Magistrant 5-yil davomida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga nomzodini qo‘yganligi va nihoyat mana shu yili maqsadiga yetganligini e’tirof etdi.
© Arxiv Akademii xudojestv UzbekistanaTursunmurod Musirmonov - Xorezmskaya dver XIX veka
Tursunmurod Musirmonov - Xorezmskaya dver XIX veka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Tursunmurod Musirmonov - Xorezmskaya dver XIX veka
“Davlat mukofotini qo‘lga olarkanman 5-yil xuddi rangli videotasmadek ko‘z oldimdan o‘tdi. Yurtboshim bergan mukofotni oqlashim va unga loyiq bo‘lishim uchun zimmamda yana ikki hissa mas’uliyat va majburiyat borligini angladim”, - deydi sovrindor.
Institutda Baxtiyor Mahkamov, Zuhra Dosmetova, Feruzbek Islomov, Ravshan Xo‘janiyozov kabi pedagoglardan ta’lim olgan. Tursunmurod kelajakda yetuk rassom bo‘lib yetishish va ko‘plab yutuqlarga erishishni maqsad qilgan.
“Men asosan manzara (“peyzaj”) janrida ijod qilaman. So‘lim tabiatdan ilhom olaman. Ijodkorning ruhiy olami uning asarlarida aks etadi. Rassomning tomoshabinga aytmoqchi bo‘lgan fikrlari ichki sezgilari yig‘ilib barmoqlar orqali ranglarga, ranglardan oq matolarga ko‘chib san’at asari yaraladi. Chin qalbdan yaratilgan asarga rassom o‘z qalbini bir parchasini beradi va bir umr uni qadrlab yashaydi”, deya hayajonlanib so‘zladi Tursunmurod.
2021 yil sentabr oyida Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan
FossArt xalqaro tanlovida ishtirok etib, 19-25 yosh o‘rtasida 16 ta davlatdan 50 dan ortiq ishtirokchilar ichida Tasviriy san’at, rangtasvir yo‘nalishida 1-o‘rin laureati bo‘ldi va diplom, kubok bilan taqdirlanib, ustozi Zuhra Dosmetova “Eng yaxshi ustoz”nomiatsiyasida g‘olib bo‘lgan.
© Arxiv Akademii xudojestv UzbekistanaTursunmurod Musirmonov - Minaret Kalyan
Tursunmurod Musirmonov - Minaret Kalyan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Tursunmurod Musirmonov - Minaret Kalyan
“2020 yil Prezident O‘zbek tasviry san’ati tarixida bo‘lmagan yangilik qilib berdilar, ya’ni yosh ijodkor rassomlar va dizaynerlar uchun O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasasidagi badiiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchun “Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi”ni nomdor stipendiyalar qatorga qo‘shdilar. Shu imkoniyatdan foydalanib men ham 2021-yilda mazkur stipendiyani rangtasvir turlari bo‘yicha sohibiga aylandim. Ayni damda hech qanday imtihonlarsiz magistratura yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindim!”, dedi faxr bilan Tursunmurod.
© Arxiv Akademii xudojestv UzbekistanaTursunmurod Musirmonov - Tutovnik
Tursunmurod Musirmonov - Tutovnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Tursunmurod Musirmonov - Tutovnik
Yosh rassom tomonidan moybo‘yoqda chizilgan rasmlar “Minorai Kalon”, “Tut”, “Sirdaryo”, “Shom”, “Milliy bog‘”, “Qadrdon ko‘cham”, akvarelda "Xorazm eshigi XIX asr", plastilinda “Chorvoq suv ombori” va boshqa shu kabi kartinalar yorqin ifodasi, nafis chizgilari bilan alohida ajralib turadi hamda 2021-yil “Sirdaryo iftixori” oltin fondi ro‘yxatiga kiritilgan.
“Hali uylanmaganman, ijodkor uchun erkinlik ko‘proq kerak bo‘larkan. Sentabr oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan xalqaro tanlovga taklif etilganman. Hozirda ustozim Baxtiyor Mahkamov ko‘magida mazkur tanlovga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman”, dedi Musirmonov.
Yangiliklar lentasi
0