https://oz.sputniknews.uz/20220725/xitoy-26510048.html
Xitoy aholisi tez orada kamayishni boshlashi mumkin
Xitoy aholisi tez orada kamayishni boshlashi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
2021 yilda Xitoyning bazi provinsiyalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni bir necha o‘n yilliklardagi eng past ko‘rsatkichdir. 25.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-25T19:00+0500
2022-07-25T19:00+0500
2022-07-25T19:00+0500
dunyoda
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26509644_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_11ab311ea4093556cd28b99595ee8837.jpg
TOShKENT, 25-iyul- Sputnik. Xitoy yaqin bir necha yil ichida demografik muammolarning yomonlashuvi sharoitida aholi sonining salbiy tomonga o‘zgarishi davriga kirishi mumkin, tug‘ilish darajasi keyingi asrda ham pasayishda davom etadi. Bu haqida “Global Times” demograflarga tayangan holda xabar bermoqda.“Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda Xitoyning bazi provinsiyalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni bir necha o‘n yilliklardagi eng past ko‘rsatkichdir”, - deya ta’kidlaydi gazeta.Shunday qilib, mamlakat markazida joylashgan Xunan provinsiyasida 60-yil ichida birinchi marta 500 mingdan kam, Xenan provinsiyasida 1978-yildan buyon birinchi marta 800 mingdan kambola tug‘ilgan, sharqiy Szansi provinsiyasida 1950-yillardan beri birinchi marta yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni 400 mingdan pastga tushgan.Faqatgina Guandun provinsiyasida bir milliondan ortiq bola tug‘ilgan.“Aholining o‘sish sur’ati sezilarli darajada sekinlashdi, joriy besh yillik davrda (2021-2025) o‘sish salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin”, - dedi Xitoy Sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining demografiya va oila masalalari bo‘limi boshlig‘i Yan Venchjuan.Ba’zi demograflarning fikriga ko‘ra, kelgusi yillarda aholining salbiy o‘sishi uzoq vaqt davomida dominant tendensiya bo‘lib qoladi.“Tug‘ilish darajasi bir asrdan ko‘proq vaqt davomida pasayishda davom etishini bashorat qilish mumkin. Xitoyning yirik shaharlarida tug‘ilish darajasi pasayishda davom etadi. Uchinchi farzandning tug‘ilishiga ruxsat berish ba’zi muammolarni yengillashtirishi mumkin, ammo kelgusi yillarda bu tendensiya bekor qilinishi dargumon”, - dedi Xitoy va globallashuv markazining katta ilmiy xodimi va demograf Xuan Venchjen.Uning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ilish pasayishining asosiy sabablari butun mamlakat bo‘ylab tug‘ilish ko‘rsatkichlarining kamayishi, shuningdek, mamlakatda farzand ko‘rish istagida bo‘lgan erkaklar va ayollarning kamligidir.Yer shari aholisi noyabrda 8 milliard kishiga yetadi – BMT1970-yillarning oxirida joriy etilgan “bir oila – bir bola” siyosati natijasida zamonaviy Xitoy jiddiy demografik muammolarga, jumladan, gender nomutanosibligi va aholining qarishiga duch kelmoqda. 2013-yilda rasmiylar yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun cheklovlarni yumshatdi. Biroq bu chora-tadbirlar tug‘ilishning ko‘payishiga olib kelmadi, aksincha, yildan-yilga tug‘ilish kamaydi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26509644_454:0:3185:2048_1920x0_80_0_0_ba79f15fcd781a33893887d3960e0e38.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy
Xitoy aholisi tez orada kamayishni boshlashi mumkin
2021 yilda Xitoyning bazi provinsiyalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni bir necha o‘n yilliklardagi eng past ko‘rsatkichdir.
TOShKENT, 25-iyul- Sputnik. Xitoy yaqin bir necha yil ichida demografik muammolarning yomonlashuvi sharoitida aholi sonining salbiy tomonga o‘zgarishi davriga kirishi mumkin, tug‘ilish darajasi keyingi asrda ham pasayishda davom etadi. Bu haqida “Global Times” demograflarga tayangan holda
xabar bermoqda. “Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda Xitoyning bazi provinsiyalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni bir necha o‘n yilliklardagi eng past ko‘rsatkichdir”, - deya ta’kidlaydi gazeta.
Shunday qilib, mamlakat markazida joylashgan Xunan provinsiyasida 60-yil ichida birinchi marta 500 mingdan kam, Xenan provinsiyasida 1978-yildan buyon birinchi marta 800 mingdan kambola tug‘ilgan, sharqiy Szansi provinsiyasida 1950-yillardan beri birinchi marta yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni 400 mingdan pastga tushgan.
Faqatgina Guandun provinsiyasida bir milliondan ortiq bola tug‘ilgan.
“Aholining o‘sish sur’ati sezilarli darajada sekinlashdi, joriy besh yillik davrda (2021-2025) o‘sish salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin”, - dedi Xitoy Sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining demografiya va oila masalalari bo‘limi boshlig‘i Yan Venchjuan.
Ba’zi demograflarning fikriga ko‘ra, kelgusi yillarda aholining salbiy o‘sishi uzoq vaqt davomida dominant tendensiya bo‘lib qoladi.
“Tug‘ilish darajasi bir asrdan ko‘proq vaqt davomida pasayishda davom etishini bashorat qilish mumkin. Xitoyning yirik shaharlarida tug‘ilish darajasi pasayishda davom etadi. Uchinchi farzandning tug‘ilishiga ruxsat berish ba’zi muammolarni yengillashtirishi mumkin, ammo kelgusi yillarda bu tendensiya bekor qilinishi dargumon”, - dedi Xitoy va globallashuv markazining katta ilmiy xodimi va demograf Xuan Venchjen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ilish pasayishining asosiy sabablari butun mamlakat bo‘ylab tug‘ilish ko‘rsatkichlarining kamayishi, shuningdek, mamlakatda farzand ko‘rish istagida bo‘lgan erkaklar va ayollarning kamligidir.
1970-yillarning oxirida joriy etilgan “bir oila – bir bola” siyosati natijasida zamonaviy Xitoy jiddiy demografik muammolarga, jumladan, gender nomutanosibligi va aholining qarishiga duch kelmoqda. 2013-yilda rasmiylar yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun cheklovlarni yumshatdi. Biroq bu chora-tadbirlar tug‘ilishning ko‘payishiga olib kelmadi, aksincha, yildan-yilga tug‘ilish kamaydi.