https://oz.sputniknews.uz/20220725/xerson-26494470.html
Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumga hech kim aralasholmaydi – Xerson rasmiylari
Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumga hech kim aralasholmaydi – Xerson rasmiylari
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, Ukraina armiyasining Xerson viloyatini o‘qqa tutishga urinishlari aholini qo‘rqitish va referendumni buzish istagi bilan bog‘liq. 25.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-25T14:20+0500
2022-07-25T14:20+0500
2022-07-25T14:23+0500
dunyoda
xerson viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26494116_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_de0af756aad842eec2e6682cef98193a.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi va bunga hech kim aralasholmaydi. Xerson viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov shunday hisoblaydi. Avvalroq Xerson viloyati ma’muriyati matbuot xizmati mintaqada saylovlar va referendum o‘tkazish uchun saylov komissiyasi tuzilayotgani haqida xabar bergan edi.Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasining Xerson viloyatini o‘qqa tutishga urinishlari aholini qo‘rqitish va referendumni buzish istagi bilan bog‘liq.“Har qanday holatda ham odamlar saylov uchastkalariga kelib, Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish uchun ovoz beradi”, - dedi Stremousov.Uning so‘zlariga ko‘ra, hududda tinch-osoyishta hayot yaxshilanishda davom etmoqda: maoshlar, pensiya va nafaqalar allaqachon rublda to‘lanmoqda, banklarda hisob raqamlari ochilmoqda, odamlar Rossiya fuqaroligini olish uchun ommaviy ravishda murojaat qilmoqda.Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Ularning ikkisida ham harbiy-fuqarolik ma’muriyatlari tashkil etildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalarini efirga uzatish boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.
xerson viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26494116_51:0:2782:2048_1920x0_80_0_0_3e8c3f574d5ba215fda9749bdbc839a0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xerson viloyati
Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumga hech kim aralasholmaydi – Xerson rasmiylari
14:20 25.07.2022 (yangilandi: 14:23 25.07.2022) Qayd etilishicha, Ukraina armiyasining Xerson viloyatini o‘qqa tutishga urinishlari aholini qo‘rqitish va referendumni buzish istagi bilan bog‘liq.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi va bunga hech kim aralasholmaydi. Xerson viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov shunday
hisoblaydi. Avvalroq Xerson viloyati ma’muriyati matbuot xizmati mintaqada saylovlar va referendum o‘tkazish uchun saylov komissiyasi tuzilayotgani haqida xabar bergan edi.
“Biz referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. U har qanday holatda ham bo‘ladi. Referendum qonuniy maydonda o‘tkaziladi va uning o‘tkazilishiga hech kim aralashmaydi”, - dedi Stremousov.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasining Xerson viloyatini o‘qqa tutishga urinishlari aholini qo‘rqitish va referendumni buzish istagi bilan bog‘liq.
“Har qanday holatda ham odamlar saylov uchastkalariga kelib, Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish uchun ovoz beradi”, - dedi Stremousov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hududda tinch-osoyishta hayot yaxshilanishda davom etmoqda: maoshlar, pensiya va nafaqalar allaqachon rublda to‘lanmoqda, banklarda hisob raqamlari ochilmoqda, odamlar Rossiya fuqaroligini olish uchun ommaviy ravishda murojaat qilmoqda.
Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Ularning ikkisida ham harbiy-fuqarolik ma’muriyatlari tashkil etildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalarini efirga uzatish boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.